Irma dovuli — 5-darajali kuchli atlantik tropik sikloni. 2010-yilgi "Juliya[1]" dovulidan soʻng, birinchi eng katta sharqiy Atlantik okeanida paydo boʻlgan dovul va 2017-yilgi Atlantik dovullar mavsumining ikkinchi yirik dovuli. Tarixdagi 5-darajali dovulardan eng koʻp davom etgani va atlantika dovularidan eng kuchlisi.
Irma — Afrika mintaqasida kuchli tropik toʻlqinlar chiqishidaKabo-Verde orollarida 30-avgust 2017-yili paydo boʻlgan. Qulay sharoitlar sababli 24 soat ichida Irma dovuli ikkinchi daraja xavfiga tushdi. 5-sentyabr kuni Irma juda yirik 5-darajali dovulga aylandi. Shamolning tezligi 295 km/s yetdi (shamolning kuchayishi 360 km/s yetdi), bu Irmani eng kuchli atlatik tropik sikloniga aylatirda, 2005-yilgi "Vilma" dovuli paytidan soʻng[2][3][4].
Irma dovuliBarbuda,Sen-Bartelemi,Sen-Marten,Angilya,Virginiya orollari,Terks va Kaykos vaBagama orollarining janubiy hududida juda ogʻir vayronalarga olib keldi[5]. Barbuda va Sen-Martenda dovul 90% binolarni xonavayron qilgan, yarimidan koʻp odam uysiz qolgan.Sint-MartendaJuliana Malikasi Xalqaro Aeroporti barbod boʻlgan[6]. Maʼlumotlarga koʻra 8-sentyabrda 23 kishi halok boʻlgan.
8 va 9-sentyabr tuni dovulKubaning shimoliy qirgʻoqlariga yetgan va orolning qirgʻoq chizigʻi tomon yoʻl olgan. Shimoliy sharq provinsiyalari ancha vayron boʻlgan[7]. Etralab 10-sentyabr kuni uFloridaga yetib borishi kerak. Shtatning janubida 5,6 million odam evakuatsiya qilingan. Shu sababMayami dovul vaqtida sharpa-shaharga aynaldi.
- ↑https://twitter.com/philklotzbach/status/903355414858919936
- ↑https://www.theverge.com/2017/9/1/16239514/hurricane-irma-east-coast-cape-verde-flooding-storm
- ↑„arxiv nusxasi“. 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
- ↑https://phys.org/news/2017-08-gpm-satellite-tropical-storm-irma.html
- ↑https://www.theguardian.com/world/live/2017/sep/07/hurricane-irma-live-latest-updates-caribbean
- ↑https://ria.ru/world/20170907/1501975237.html
- ↑http://www.bbc.com/russian/news-41210299