| Irina Rîngaci | |
|---|---|
Irina Rîngaci Norvegiyaning Oslo shahrida bo'lib o'tgan2021-yilgi kurash bo'yicha jahon chempionatida | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavallud sanasi | 23-avgust2001-yil (2001-08-23) (24 yosh) Leova, Moldova |
| Boʻyi | 163cm |
| Vazni | 65kg. |
| Sport | |
| Mamlakat | Moldova |
| Qaysi sport | Erkin kurash |
| Murabbiy(lar)i | Petru Chiperi, Andrei Chiperi |
Irina Rîngaci (2001-yil 23-avgustda tugʻilgan) –moldovalikerkin kurashchi.Norvegiyaning Oslo shahrida 2021-yilda oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 65 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. Moldova nomidan kurash boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi ayol kurashchidir. Rîngaci, shuningdek, kurash boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrt karra, jumladan ikkita oltin medal sohibasidir.
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi oʻsmirlar yozgi Olimpiadasida Rîngaci qizlar oʻrtasidagi 57 kg vazn toifasida 4-oʻrinni egallagan. 2019-yildaVengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida 62 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritadi[2].
Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yili yakka kurash boʻyicha Jahon kubogida Rîngaci ayollar oʻrtasida 65 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[3][4]. 2021-yil mart oyida Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa saralash turnirida2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish umidida qatnashgan[5]. 2021-yil aprel oyida Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha 2021-yilgi Yevropa chempionatida Rîngaci oʻz vazn toifasida oltin medali sohibasi boʻlgan[6][7][8]. 2021-yilning may oyidaBolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan Jahon olimpiya saralash turnirida Rîngaci Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan[9]. Oʻsha oyning oxirida Shimoliy Makedoniyaning Skopye shahrida oʻtkazilgan 23 yoshgacha boʻlgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida[10], 2021-yilda Rossiyaning Ufa shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham oʻz yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan[11][12].
Ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida 2022-yilda Bolgariyaning Veliko Tırnovo shahrida oʻtkazilgan Dan Kolov va Nikola Petrov turnirida[13], Bolgariyaning Plovdiv shahrida 2022-yilda boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha 23 yoshlilar oʻrtasida Yevropa chempionatlarida oltin medal sohibasi boʻlgan[14]. Oʻsha oyda Rîngaci Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 68 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[15][16]. Oltin medal uchun bahsda fransiyalik Paulin Lekarpentierni magʻlub etgan. Bir necha oy oʻtgach, Italiyaning Rimda boʻlib oʻtgan Matteo Pellicone Ranking Series 2022 musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[17].
2022-yil sentabr oyida Serbiyaning Belgrad shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionatida Rîngaci 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan biriga ega chiqqan[18][19]. Bir oy oʻtgach, Ispaniyaning Pontevedra shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi U23 kurash boʻyicha jahon chempionatida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[20].
Rîngaci Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Grand Prix Zagreb Open turnirida ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda kurash boʻyicha U23 Yevropa chempionatida bronza medalga[21], 2023-yilda Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 65 kg vazn toifasida kumush medalga ega chiqqan[22][23]. 2023-yil iyun oyida Rossiyaning Vladikavkaz shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha Poddubniy 5-ligasida Ríngachi rossiyalik Xanum Veliyevaga yutqazib qoʻygan[24].
Rîngaci Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda kurash boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[25]. Natijada 2024-yilda Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Moldova uchun kvota olish huquqini qoʻlga kiritgan[26]. Bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Ami Ishini magʻlub etgan[25].
Rîngaci Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 65 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[27][28]. Bronza medali uchun bahsda turkiyalik Kadriye Aksoyni magʻlub etgan[28].
| Yil | Turnir | Oʻtkazilgan joy | Natija | Toifa |
|---|---|---|---|---|
| 2021 | Yevropa chempionati | Varshava, Polsha | 1 | Erkin uslub 65 kg |
| Jahon chempionatlari | Oslo, Norvegiya | 1 | Erkin uslub 65 kg | |
| 2022 | Yevropa chempionati | Budapesht, Vengriya | 1 | Erkin uslub 68 kg |
| Jahon chempionatlari | Belgrad, Serbiya | 3 | Erkin uslub 68 kg | |
| 2023 | Yevropa chempionati | Zagreb, Xorvatiya | 2 | Erkin uslub 65 kg |
| Jahon chempionatlari | Belgrad, Serbiya | 3 | Erkin uslub 68 kg | |
| 2024 | Yevropa chempionati | Buxarest, Ruminiya | 3 | Erkin uslub 65 kg |