Iqto, iqtoʼ, iqta (arab.) —Movarounnahr,Yaqin vaOʻrta Sharqmamlakatlaridaoʻrta asrlarda hukmdor tomonidan katta xizmatlari evaziga inʼom qilinganchek yer. I. egasi iqtodor deb atalgan. I. haqida dastlabki maʼlumotlar7-asroxiriga mansub arabmanbalarida uchraydi. Hukmdor I.ni istagan vaqtida qaytarib olib boshqa kishiga tortiq qilishi ham mumkin boʻlgan.9-asrdaxalifa tomonidanamirgaidora qilish uchun berilgan viloyatlar ham I. deb atala boshlangan. Abu Ab-dullo Xorazmiy I.ning kelib chiqishini izohlab, "Mafotix ul-ulum" ("Il-mlarning kalitlari") asarida bunday deb yozadi: "Sulton tomonidan biror kishiga tortiq qilib berilgan yer I. deb ataladi va uning mulki boʻlib qoladi". I. yerlaridavlat mulki hisoblangan.10-asrdan boshlabxususiy mulkka aylana boshlagan. Amir oʻzi hukmronlik qilayotgan ushbu viloyatlar soli-gʻini butunlay yoki qisman oʻzlashtirishhuquqiga ega boʻlgan. I. 9—13-asrda Movarounnahr vaEronda ham (saljuqiylar,qoraxoniylar vahulokuiylar davrida) keng tarqalgan.Temuriplar davrida I. oʻrnidatiul vasuyurgʻol,boburiylar davrida esajogir atamalari qoʻllangan.
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |