Oxirgi 50 yil ichida Yer usti havo haroratining oʻzgarishi[1].Arktika harorati eng koʻp oshgan hudud sifatida tarixga kirdi va umumiy olib qaraganda, quruqlikdagi harorat dengiz sathidan koʻra koʻproq koʻtarildi.Sanoat inqilobidan beri Yer yuzidagi oʻrtacha havo harorati deyarli 1,5°Cga oshdi. Bunga baʼzi tabiiy oʻzgarishlar ham hissa qoʻshgan boʻlsa-da, asosiy sabab insonning tabiatga taʼsirining oʻsishidir[2].
Iqlim oʻzgarishi (shuningdek,global isish) – butun dunyodagi oʻrtacha haroratning davomli oʻsishi va uning Yer iqlimiga oʻtkazadigan taʼsiri. Global haroratning hozirgi davrdagi koʻtarilishi inson faoliyati, xususan, sanoat inqilobidan beri qazib olinayotgan yoqilgʻining yoqilishi bilan bogʻliq[3][4][5][6][7]. Qazib olingan yoqilgʻidan foydalanish, oʻrmonlarni kesish va baʼzi qishloq xoʻjaligi va sanoat amaliyotlari iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi issiqxona gazlarini chiqaradi[8]. Global isishda asosiy rol oʻynayotgan issiqxona gazi boʻlmishkarbonat angidrid millionlab yillar davomida kuzatilmagan darajada, taxminan, 50%ga oʻsdi[9].
Iqlim oʻzgarishi atrof-muhitga tobora katta taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan,choʻllar kengaymoqda, issiq toʻlqinlar vaoʻrmon yongʻinlari keng tarqalmoqda[10]. Arktikadagi havo haroratining koʻtarilishi|abadiy muzliklarning erishiga sabab boʻldi[11]. Yuqori haroratlar kuchli boʻronlar, qurgʻoqchilik va boshqa ob-havo sharoitlariga ham sabab boʻlmoqda[12].Togʻlar,marjon riflari vaArktikadagi tez atrof-muhit oʻzgarishi koʻplab turlarni boshqa joyga koʻchishga yoki yoʻq boʻlib ketishga majbur qilmoqda[13]. Kelajakda iqlim oʻzgarishini minimallashtirishga qaratilgan harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa-da, baʼzi taʼsirlar, masalan, okeanning isishi, okeanning kislotalanishi va dengiz sathining koʻtarilishi asrlab davom etadi[14].
Iqlim oʻzgarishi odamlargasuv toshqini, haddan tashqari issiqlik,oziq-ovqat vasuv tanqisligining kuchayishi, turli xilkasalliklar va iqtisodiy yoʻqotishlar bilan tahdid qilmoqda. Iqlim oʻzgarishiga insonmigratsiyasi va mojarolar ham taʼsir oʻtkazmoqda[15].Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti iqlim oʻzgarishini 21-asrda global sogʻliq uchun eng katta tahdidlardan biri deb atadi[16].Toshqinga qarshi choralar koʻrish,qurgʻoqchilikka chidamli ekinlar ekish kabi saʼy-harakatlar orqali iqlim oʻzgarishiga moslashish iqlim oʻzgarishi xavfini qisman kamaytiradi[17]. Kambagʻal hudud aholisi garchi iqlim oʻzgarishiga eng kam taʼsir oʻtkazayotgan boʻlsa-da, eng koʻp zarar koʻrmoqda[18][19].
Iqlim oʻzgarishi oqibatlariga misollar: issiqlik vaqurgʻoqchilik tufayli kuchayganoʻrmon yongʻinlari, dengizdagi issiq toʻlqinlar tufayli marjonlarning oqarishi va suv taqchilligi natijasida yuzaga kelgan qurgʻoqchilik.
21-asrning birinchi oʻn yilliklarida iqlim oʻzgarishining koʻplab oqibatlari yuzaga keldi: muntazam kuzatuv boshlangan 1850-yil bilan solishtirganda, 2023-yilda issiqlikning rekord darajada koʻtarilishi (+1,48 °C) yuzaga keldi[21][22][23][24][25]. Bu kabi issiqlikning koʻtarilishi ayni damdagi holatni yanada battarlashishiga hissa qoʻshishi, hattoGrenlandiya muz qatlami(ingl.)oʻzb.ning erishi kabi katta oʻzgarishga sabab boʻlishi mumkin[26][27][28]. 2015-yilgiParij kelishuvida davlatlar global isishni „2 °C dan past“ ushlab turishga kelishib olgan boʻlsa-da, vaziyat hozirgi holatdan oʻzgarmay davom etsa, asr oxirida global isish 2,8 °C ga yetadi[29]. Global isishni 1,5 °C gacha tushirish uchun davlatlar 2030-yilgacha chiqarayotgan gazlarini ikki baravar kamaytirishi va 2050-yilga kelib esa turli xil gazlarni chiqarishni butunlay toʻxtatishi kerak[30][31][32].
Energiyani tejash va uglerod ifloslanishini keltirib chiqarmaydigan energiya manbalariga oʻtish orqali qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻxtatish mumkin. Bu kabi energiya manbalarigashamol,quyosh,suv vaatom energiyasi kiradi[33]. Ushbu energiya manbalaritransport, binolarni isitish vasanoat jarayonlarida qazilma yoqilgʻi oʻrnini bosishi mumkin[34]. Uglerod miqdorini atmosferada ham kamaytirish mumkin. Bu uchunoʻrmon maydonlarini kengaytirish va tuproqdagi uglerodni ushlash usullari bilan dehqonchilik qilish kerak[35].
1980-yillarga qadar issiqxona gazlaridan chiqayotgan gazlarning issiqligi havo ifloslanishidagiatmosfera zarrachalarining sovitish taʼsiridan kuchli yoki kuchsizligi nomaʼlum edi. Olimlariqlimning bexosdan oʻzgarishi atamasini oʻsha paytda insonning iqlimga taʼsirini ifodalash uchun ishlatishgan[36]. 1980-yillardaglobal isish vaiqlim oʻzgarishi atamalari keng tarqalgan boʻlib, koʻpincha bir xil maʼnoni anglatish uchun bir birini oʻrniga ishlatila boshlandi[37][38][39]. Ilmiy nuqtai nazardan,global isish faqat yer sirti isishining kuchayishini anglatsa,iqlim oʻzgarishi global isishni va uningYer iqlim tizimiga taʼsirini, masalan,yogʻingarchilikning oʻzgarishini tavsiflaydi[36].
1975-yildan buyon qoʻllanib kelinayotgan[40]global isish atamasiNASA iqlimshunosi James Hansen 1988-yildaAQSh Senatida bergan koʻrsatmasida foydalanganidan soʻng mashhurlasha boshladi[41]. 2000-yillardan boshlab, ushbu atamadan foydalanish keskin oshdi[42].
Tarixdagi eng issiq davrlardan biri taxminan 125 000 yil muqaddam soʻnggi muzliklar mavjud davr boʻlib, u vaqtda harorat global isish boshlangan davrdagi haroratdan 0,5 °C – 1,5 °C gacha issiqroq edi[43]. Bu davrda dengiz sathi bugungi kunga nisbatan 5-10 metrga yuqori boʻlgan. 20 000 yil oldin eng soʻnggi muzlik hozirgidan 5-7 °C sovuqroq, dengiz sathi esa 125 metr pastroq edi[44].
Harorat 11700 yil avval boshlangangolotsen davrida barqarorlashdi[45]. Dehqonchilik boshlanishi ham ayni shu davrga toʻgʻri keladi[46].
Soʻnggi oʻn yilliklarda Yer yuzasidagi harorat koʻtarilishi bilan bogʻliq rekordlar haroat tushishi bilan bogʻliq rekordlarni sezilarli darajada ortda qoldirdi[47]Soʻnggi oʻn yilliklarda okeanlarda harorat koʻtarilishi kuzatildi, chunki okeanlar global isish natijasida issiqlikning 90% dan ortigʻini oʻziga singdirdi[48].
1850-yillarga kelibtermometr yordamida butun dunyodagi iqlim bilan bogʻliq oʻzgarishlardan boxabar boʻlish osonlashdi[49]. 18-asrdan 1970-yilgacha kam miqdordagi issiqxona gazlari va ularni sovitishga yetarli boʻlganoltingugurt dioksidi sababli global isish surʼati sekin rivojlangan boʻlsa-da, 1970-yildan soʻng issiqxona gazlarining oltingugurt taʼsir qila olmas darajada ortib borishi haroratning sezilarli darajada oshishiga olib keldi[50][51][52].
1880-yildan 2023-yilgacha boʻlgan davrda Yer sirti harorati oʻzgarishi tasvirlangan animatsiya. Koʻk rang sovuqroq, qizil esa issiqroq haroratni bildiradi.
Iqlim oʻzgarish surʼatida hech qanday bogʻliqlik mavjud emas[53]. Shunday boʻlsa-da, baʼzi maʼlumot bazalarida Yer yuzasidagi harorat koʻtarilish tezligi har oʻn yilda 0,2 °C ekanligi haqida maʼlumot mavjud[54]. Yer yuzasi harorati 2014—2023-oʻn yillikda sanoatdan oldingi oʻn yillik (1850–1900) bilan solishtirganda oʻrtacha 1.19 °C ga koʻtarilgan[55]. Ammo bu har yili avvalgisidan issiqroq boʻladi degani emas[56]. Shuning uchun harorat oʻzgarishi 20 yillik oʻrtacha koʻrsatkich boʻyicha aniqlanadi[57][58].
Oʻtkazilgan boshqa kuzatishlar ham ushbu dalillarni tasdiqlaydi[59][60]. Yuqori atmosfera yer yuzasidan koʻra sovuqroq boʻladi, chunki issiqxona gazlari oʻzidan chiqadigan issiqlikni Yer yuzasi yaqinida ushlab turadi va kosmosga kamroq issiqlik tarqatadi[61]. Issiqlik oʻrtacha qor qoplamini kamayishiga ham hissa qoʻshadi va muzliklarni chekinishga majbur qiladi. Shuningdek, global isish okeanlarning koʻproq bugʻlanishiga sabab boʻladi, bu esa atmosfera namligining oshishiga, koʻproq va kuchli yogʻingarchilikka olib keladi[62][63]. Natijada oʻsimliklarbahorda erta gullaydi va minglab hayvon turlari salqin joylarga koʻchib oʻtadi[64].
Harorat dunyoning turlimintaqalarida har xil surʼatda koʻtariladi.Issiqxona gazlari chiqadigan hududidan qatʼiy nazar butunsayyora boʻylab tarqaladi.Sanoat inqilobi davri boshlarida quruqlikdagi oʻrtacha Yer yuzasi harorati global oʻrtacha haroratidan deyarli ikki baravar tez oʻsdi[65]. Buning sababiokeanlar bugʻlanish orqali koʻproq issiqlik yoʻqotishi ortidan oʻziga koʻp issiqlik qabul qiladi[66]. Global iqlim tizimidagi issiqlik energiyasi kamida 1970-yildan buyon qisqa pauza bilan oʻsdi va ushbu issiqlikning 90% dan ortigʻi okeanlarda toʻplangan[67][68]. Qolgan 10%i esa atmosferani qizdirish,muzlarni eritish vaqitʼalarni isitishga sarflandi[69].
Shimoliy yarimshar va shimoliy qutbda harorat janubiy qutb va janubiy yarimsharga qaraganda ancha tezroq koʻtarildi. Bunga asosiy sabablardan biri Shimoliy yarimsharda nafaqat quruqlik, balki mavsumiy qor qoplamlari va dengiz muzlari ham koʻproq ekanligidir. Shuningdek, qor va muz ustida toʻplanadigan qora uglerod ham Arktika hududida harorat koʻtarilishiga hissa qoʻshadi[70]. Arktikada yer yuzasi harorati dunyoning qolgan qismlariga qaraganda 3-4 baravar tezroq koʻtariladi[71][72][73].
1850—1900-yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatan 2090-yildagi yer yuzasi harorati oʻzgarishining ikki xil prognozi[29][74][75].
Jahon meteorologiya tashkiloti 2024 va 2028-yillar oraligʻida 80% ehtimollik bilan hech boʻlmaganda bir yil davomida global harorat 1,5 °C dan oshishini taxmin qilmoqda. 5 yillik oʻrtacha haroratning 1,5 °C dan yuqori boʻlish ehtimoli esa 50%[76][77][78].
UNEP maʼlumotlariga koʻra, 2023-yildan keyingikarbonat angidrid miqdori 200 gigatonnadan oshmasa, global isish 1,5 ° C dan past boʻlishi mumkin, ammo holatning bunday davom etish ehtimoli 50%[79].
Hozirgacha sodir boʻlgan global isish omillari. Karbonat angidrid kabi uzoq muddatli taʼsirga ega omillarning potentsiali koʻrsatilmagan. Har bir ustundagi chiziqlar xato ehtimolligi darajasini koʻrsatadi.
Iqlim tizimi yillab va hatto asrlab davom etishi mumkin boʻlgan turli xil sikllarni boshdan kechiradi. Misol uchun, El Niño hodisasi sirt haroratining qisqa muddatli koʻtarilishiga olib kelsa, La Niña hodisasi esa qisqa muddatli sovishga sabab boʻladi[80][81][82]. Ularning nisbiy chastotasi oʻn yillik davr ichida global harorat tendensiyalariga taʼsir qilishi mumkin[83]. Boshqa oʻzgarishlar energiyaning tashqi taʼsirlardan kelib chiqadigan nomutanosibligidan yuzaga keladi[84]. Bunga issiqxona gazlari konsentratsiyasining oʻzgarishi, quyosh nuri, vulqon otilishi vaYerningQuyosh orbitasidagi oʻzgarishlari misol boʻladi[85].
Soʻnggi 800 000 yildagi CO2 konsentratsiyasi muz yadrolari yordamida (koʻk/yashil) va toʻgʻridan-toʻgʻri (qora) oʻlchangan holatlari
Issiqxona gazlari quyosh nurlariga oʻtkazuvchi vazifasini oʻtab, ularning atmosferadan oʻtib Yer yuzasini isitishga imkon beradi. Issiqxona gazlari Yer yuzasidan issiqlik shaklida chiqqan energiyani oʻziga soʻrib oladi. Natijada issiqlikni Yer yuzasida ushlab turib, uning koinotga chiqish tezligini sekinlashtiradi. Yer yuzasidagi haroratni koʻtarilishiga hissa qoʻshadi[86].
↑EPA.„Climate Impacts on Ecosystems“ (2017-yil 19-yanvar). — „Mountain and arctic ecosystems and species are particularly sensitive to climate change... As ocean temperatures warm and the acidity of the ocean increases, bleaching and coral die-offs are likely to become more frequent.“. 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.
↑McGrath, Matt„Global warming set to break key 1.5C limit for first time“. BBC News (2023-yil 17-may). — „The researchers stress that temperatures would have to stay at or above 1.5C for 20 years to be able to say the Paris agreement threshold had been passed.“. Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
↑Kennedy et al. 2010, s. S26 harvnb error: no target: CITEREFKennedyThornePetersonRuedy2010 (help). Figure 2.5.
↑„Global Warming“. NASA JPL (2010-yil 3-iyun). — „Satellite measurements show warming in the troposphere but cooling in the stratosphere. This vertical pattern is consistent with global warming due to increasing greenhouse gases but inconsistent with warming from natural causes.“. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
↑Kennedy et al. 2010, ss. S26, S59–S60 harvnb error: no target: CITEREFKennedyThornePetersonRuedy2010 (help)
↑Rantanen, Mika; Karpechko, Alexey Yu; Lipponen, Antti; Nordling, Kalle; Hyvärinen, Otto; Ruosteenoja, Kimmo; Vihma, Timo; Laaksonen, Ari (11 August 2022). "The Arctic has warmed nearly four times faster than the globe since 1979" (en). Communications Earth & Environment3 (1): 168. doi:10.1038/s43247-022-00498-3. ISSN2662-4435.
↑Schuur, Edward A. G.; Abbott, Benjamin W.; Commane, Roisin; Ernakovich, Jessica; Euskirchen, Eugenie; Hugelius, Gustaf; Grosse, Guido; Jones, Miriam et al. (2022). "Permafrost and Climate Change: Carbon Cycle Feedbacks From the Warming Arctic". Annual Review of Environment and Resources47: 343–371. doi:10.1146/annurev-environ-012220-011847. ""Medium-range estimates of Arctic carbon emissions could result from moderate climate emission mitigation policies that keep global warming below 3 °C (e.g., RCP4.5). This global warming level most closely matches country emissions reduction pledges made for the Paris Climate Agreement...""
↑Brown, Patrick T.; Li, Wenhong; Xie, Shang-Ping (27 January 2015). "Regions of significant influence on unforced global mean surface air temperature variability in climate models: Origin of global temperature variability". Journal of Geophysical Research: Atmospheres120 (2): 480–494. doi:10.1002/2014JD022576.