Instagram –Kevin Systrom vaMike Krieger tomonidan yaratilgan hamdarasm vavideolarni ulashish uchun moʻljallanganijtimoiy tarmoq. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir.[1] InstagramApp Store vaPlay Market orqali bepul tarqatiladi.
InstagramKevin Systrom vaMike Krieger tomonidan yaratilgan hamda bepul mobil ilova sifatida 2010-yilningoktyabr oyida ishga tushirilgan. Dastlab, bu ilova nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, „instant camera“ („tezkor kamera“) va„telegram“ soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini „Instagram“ga oʻzgartirishdi.[2]
Bu xizmat qisqa fursatda 2012-yilningaprel oyiga kelib, 100 million faol foydalanuvchilarga ega boʻlgani ortidan mashhurlik qozondi. Keyinchalik shu yilning oʻzida kompaniyaniFacebook, Inc. sotib oldi. Instagram uchun AQSh$1 milliard sarflandi. 2018-yilga kelib esa Instagramda foydalanuvchilar soni 1.1 milliardga yetdi. Mutaxasislarning taʼkidlashicha, Instagramdan tushadigan foyda naqd $2.8 milliardni tashkil etadi.[3]
Hozirgi kunda InstagramNokia aqlli telefonlari vaBlackBerry 10 va boshqa planshetlar uchun ham mavjud.[4]Instagram foydalanuvchilari uchun yangi funksiya paydo boʻldi. Unga koʻra, endilikda katta yoshli foydalanuvchilarning notanish oʻsmirlarga yozishi taqiqlanadi. Yangi funksiya kattalarga 18 yoshga toʻlmagan, ularning sahifasiga obuna boʻlmagan oʻsmirlarga yozish imkoniyatini bermaydi. Oʻsmirlar esa, oʻz navbatida, sahifasiga aʼzo boʻlish uchun soʻrov yuborgan foydalanuvchilarning shubhali xatti-harakatlari toʻgʻrisida ogohlantiriladi[5]
Facebook ijtimoiy tarmogʻi Instagramʼning 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan maxsus versiyasini ishlab chiqadi. Maʼlum qilinishicha, Facebookʼning oʻzida hozirda shunday texnologiya mavjud boʻlib, u Messenger Kids deb nomlangan. Ammo undagi barcha funksiyalar hamda tarkibiy qism oʻsmirlar (14–18 yosh) uchun moslashtirilgan. Ishlab chiqiladigan yangi ilovaga esa ota-onalarga farzandining sahifalarini nazorat qilishga imkon beruvchi tizim kiritiladi.
"Biz bolalar uchun doʻstlar bilan aloqada boʻlishi, yangi sevimli mashgʻulotlari, qiziqishlari bilan bemalol shugʻullana olishlari uchun ota-onalar tomonidan boshqariladigan tizim kiritiladigan Instagram ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz", – deya taʼkidlagan kompaniya vakili Djo Osborne[7].