Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Ingliz tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ingliz tili
Milliy nomiEnglish
MamlakatlarAngliya va 75 dan ortiq mahalliy shaxslar
Rasmiylik holatirasmiy til
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni1,5 milliard
Turkumlanishi
Til oilasiHind-Yevropa
AlifbosiLotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1en
ISO 639-3eng[1]

Ingliz tili (inglizcha:English) –hind-yevropa oilasininggerman guruhiga kiruvchitil. Ingliz xalqining tili.Avstraliya,AQSH,Birlashgan Qirollik,Hindiston,Irlandiya,JAR,Kanada,Liberiya,Malta vaYangi Zelandiyaningrasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3-oʻrinda turadi (Ispan hamdaMandarinXitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.

Ingliz tiliBMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri,Buyuk Britaniya,Irlandiya,Shimoliy Amerika,Avstraliya,Yangi Zelandiya,Osiyo vaAfrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 1,5 milliarddan ortiq kishi gaplashadi (2024).Buyuk Britaniya vaShimoliy Irlandiya,AQSH,Avstraliya,Yangi Zelandiya,Kanada (fransuz tili bilan birga),Irlandiya (irland tili bilan birga),Hindiston va 15 taAfrika davlati (JAR,Nigeriya,Gana,Uganda,Keniya,Tanzaniya va boshqalar)da rasmiy til sifatida qoʻllanadi.

Kelib chiqish tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Ingliz tili qadimgi german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Ingliz tiliAngliyaning Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiyShotlandiya yerlari avvalgiNorzumbriya qirolligida vujudga keldi. Tarixiy manbaalarga koʻra, eski ingliz tili juda koʻplab shevalar turkumini oʻz ichiga oladi. English (ingliz) soʻzi Angles soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu xalqning ajododlar yurti Angeln hozirgiSchleswig-Holstein boʻlgan. Ingliz soʻzlarning koʻpchiligilotin tilidan olingan, vaholanki, lotin tili XristianCherkovi hamda Yevropa tafakkur doirasining tili edi.Vikinglarning VIII hamda IX asrdagi istilosidan keyin ingliz tili eski norz-tilining bir qismini oʻzlashtirdi. Angliyaning XI asrda Normanlar tomonidan egallanilishi norman fransuz tilining ingliz tili bilan qorishishiga olib keldi. Aynan shu sababli ingliz tili lugʻaviy va imloviy tarzda roman tillar turkumiga aloqador. Oʻrta ingliz tili (XII–XV asrlar) urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi natijasida feʼllik soʻz birikmalari koʻp oʻzgarishlarga uchragan. XVI–XVII asrlarda yangi ingliz tili yuzaga kelgan. Buyuk Britaniyaning XVII va XX asr oʻrtasidagi kuchli rivojlanishi hamdaAQSHning XX asrdagi dunyoviy taʼsiri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi.

Shevalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Qadimiy ingliz tili (VII–XI asrlar) anglosaks tili deb atalgan va 4 ta shevaga ega boʻlgan: nortumbriy, mersiy, uessek va kent. IX–XI asrlarda uessek shevasi asosida adabiy ingliz tili shakllangan. Bu shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirgʻogʻiga nemis qabilalari boʻlmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. Hozirda ingliz tili oʻz hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi; shimoliy, janubiy va markaziy shevalar guruhi,AQShda Sharqiy, Oʻrta Atlantika (markaziy), janubiy, sharqiy, oʻrta, gʻarbiy shevalar guruhi mavjud. Ingliz tili fonematik tizimida oʻziga xos unlilar va undoshlar mavjud. Boshqagerman tillaridan ingliz tili analitik qurilish belgisi bilan farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalashda yordamchi soʻzlar (artikl, yordamchi feʼllar, predloglar) va soʻz tartibi katta ahamiyatga ega. Ingliz tili boshqa tillar (lotin,fransuz,italyan,ispan va boshqalar)dan 70% ga yaqin soʻz qabul qilgan. Ingliz tilining amerikancha variantini Buyuk Britaniya variantidan farqini shu bilan izohlash mumkinki, Shimoliy Amerikaga dastlab koʻchib kelganlar (1607)London va uning atrofidan, keyingilari esa Shimoliy Britaniya va Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari yorqin ifodalangan shevalar yoʻq.Professor X. Kurat taxriri ostida chiqqan „AQSH va Kanadaning tilshunoslik atlasi“da (1939) yetti sheva, shu jumladan, tarqalishi hududi jihatidan eng salmoqli boʻlgan AQShning markaziy va shimoliy viloyatlari shevalari ajratib koʻrsatilgan; u AQShda asosiy adabiy meʼyor hisoblanadi. Ingliz tilining amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari oʻrtasidagi farq leksikada va maʼlum darajada fonetikada namoyon boʻladi; grammatikasidagi farq sezilarli emas. Ingliz tilining mavjudKanada,Avstraliya,Yangi Zelandiya vaJAR adabiy variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ingliz tili yozuvilotin alifbosi asosidadir.[2] Ingliz tili alifbosi lotin yozuviga asoslangan va 26 taharfdan iborat: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z.

Dilfuza Ingliz tilidan refarat

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Tillarning yer shariJahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ingliz_tili&oldid=5369667" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp