Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich | ||
Tavallud sanasi | 21-yanvar1979-yil (1979-01-21) (46 yosh) | ||
Tavallud joyi | ![]() | ||
Boʻyi | 184 cm (6 ft1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Vazni | 75 kg | ||
Raqami | Murabbiy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1998 | ![]() | 3 | (0) |
1999—2002 | ![]() | 103 | (38) |
2003 | ![]() | 14 | (4) |
2004—2006 | ![]() | 79 | (29) |
2006—2007 | ![]() | 44 | (5) |
2007 | ![]() | 32 | (15) |
Milliy terma jamoa | |||
2001—2007 | ![]() | 3 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2011—2012 | ![]() | ||
2013 | ![]() | ||
2014 | ![]() | ||
2016 | ![]() | ||
2016—2018 | ![]() | ||
2019 | ![]() | ||
2021—2022 | ![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich (1979-yil 21-yanvar;Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik sobiqfutbolchisi,hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng futbol jamoalaridamurabbiy bilan shugʻillangan.
Mehnat faoliyatini 1998-yildaToshkentMHSK (Markaziy harbiy sport klubi)da boshlagan. Keyingi toʻrt mavsumniToshkentning„Traktor“ jamoasida oʻtkazgan. Yana bir mavsumNamanganning„Navbahor“ jamoasida toʻp surgan. Yana ikki mavsum Toshkentning„Traktor“ jamoasida oʻynay boshlagan[1].
2006- va 2007-yillarda Toshkentning„Lokomotiv“ va „Toshkent Quruvchi“ (klub nomi 2008-yilda„Bunyodkor“ deb oʻzgartirilgan) jamoalarida oʻynagan.
2007-yilda„Quruvchi“daOʻzbekiston Oliy ligasi toʻpurari boʻlgan va oʻsha mavsumda Oʻzbekiston chempionati va kubogi kumush medallarini qoʻlga kiritgan.
2001-yildaOʻzbekiston milliy terma jamoasida ikkita (Birlashgan Arab Amirliklari vaXitoy terma jamoalariga qarshi); 2007-yildaEstoniya terma jamoasiga qarshi bittadan oʻyin oʻtkazgan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ikki yil davomida Toshkentning„NBU-Osiyo“ (Toshkentning sobiq oʻzbek futbol klubi,Oʻzbekiston Milliy banki jamoasi)klubini, 2013-yilda„Paxtakor-2“ jamoasini boshqargan[2].
2014-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi boʻlgan[3][4]. 2016-yilda Toshkentning„Paxtakor“ klubi zaxira jamoasi va„Paxtakor-2“ klubini boshqargan[5]. 2016—2018-yillarda Namanganning„Navbahor“ klubi bosh murabbiyi[6], 2019-yilning yanvar oyidan„Surxon Termiz“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan[7][8], biroq fevral oyida u besh yilga diskvalifikatsiya qilingan[9][10][11]. 2020-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi kafilligi ostida, OʻFA Etika qoʻmitasi qaroriga koʻra diskvalifikasiyasi 2020-yilning 31-dekabriga qadar etib belgilangan[12].
2021-yilgi mavsumda diskvalifikatsiya muddati yakunlanganidan soʻngFargʻonaning„Neftchi“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[13]. Dastlabki mavsumidayoqFargʻona jamoasiOʻzbekiston Pro ligasidan,Oʻzbekiston Superligasiga qaytardi. 2022-yilgi masvumda„Neftchi“ jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi natijalari yomonligi sababli yoz oyida bosh murabbiylikdan ozod qilingan[14][15].