Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Ilhom Aliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismiIlhom va familiyasiAliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
İlham Heydər oğlu Əliyev
 Ozarbayjon Prezidenti
 
Mansab davri
2003-yil31-oktabr
OʻtmishdoshiHaydar Aliyev
 Ozarbayjon Bosh vaziri
 
Mansab davri
2003-yil4-avgust – 2003-yil4-noyabrgacha
OʻtmishdoshiArtur Rosizoda
VorisiMehribon Aliyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi12-dekabr1961-yil (1961-24-12) (64 yosh)
Boku,Ozarbayjon SSR,SSSR
FuqaroligiOzarbayjon bayrogʻiOzarbayjon
Siyosiy partiyasi„Yangi Ozarbayjon“
Turmush oʻrtogʻiMehribon Aliyeva
Bolalarioʻgʻli: Haydar
qizlari: Orzu vaLeyla Alieva
OnasiZarifa Aliyeva
OtasiHaydar Aliyev
Mukofotlari1-klass Turkiya ordeniفکر کنمQirol Abdulaziz ordeni
Imzosi

Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (ozarbayjoncha:İlham Heydər oğlu Əliyev;1961-yil,24-dekabr;Boku,Ozarbayjon SSR,SSSR) —Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi. 2003-yilning 31-oktyabridan Ozarbayjon Respublikasining toʻrtinchi prezidenti lavozimini egallagan. Undan oldinroq 2003-yilning 4-avgustidan oʻsha yilning 4-noyabrigacha Ozarbayjon Respublikasi bosh vaziri.

Hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrdaBoku[1] shahrida tugʻilgan. 1967-1977-yillardaBoku shahridagi 6-oʻrta maktabda tahsil olgan.
  • 1977-yildaМоskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga oʻqishga kirgan. Uni tugatgandan soʻng institutning aspiranturasiga qabul qilingan, 1985-yilda dissertasiya himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.[2][3]
  • 1985—1990-yillardaMoskva Davlat Xalqaro Munosabatlar institutiinstitutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.[2][3]
  • 1991—1994-yillarda xususiy biznes sohasida ishlagan. Bir qator mahsulot — kommersiya muassasalariga rahbarlik qilgan.[2][3]
  • 1994-yildan 2003-yil avgust oyiga qadar Ozarbayjon Respublikasi Davlat Neft Shirkatinning vitse-prezidenti, birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. Haydar Aliyevning neft strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etgan.
  • Suveren Ozarbayjon neft siyosatining geosiyosiy aspektlariga oid bir qator tadqiqot isharining muallifi. Siyosiy fanlar doktori.
  • 1995-yilda va 2000-yillardaОzarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2003-yildaOzarbayjon Bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi sababli deputatlik faoliyatini toʻxtatgan.
  • 1997-yildanОzarbayjon Milliy Olimpiya qoʻmitasining Prezidenti. Sport va Olimpiya harakatining rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchunХalqaro Olimpiya Qoʻmitasining yuksak ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1999-yildaYangi Ozarbayjon Partiyasi raisining oʻrinbosari 2001-yilda raisning birinchi oʻrinbosari, 2005-yilda esa partiyaning raisi etib saylangan.
  • 2001—2003-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida delegatsiya rahbari boʻlgan.
  • 2003-yilning yanvarida Yevropa Soveti Parlament Assambleyasi raisining oʻrinbosari, ESPA Byuro aʼzosi etib saylangan.[2][3]
  • 2004-yilning aprelida ESPA faoliyatidagi faol ishtiroki va Yevropa ideallariga sadoqati uchun ESPAning faxriy aʼzosi diplomi va ESPA medali bilan mukofotlangan.
  • 2003-yil 4-avgustda Milliy Majlis tomonidan tasdiqlangach, Ozarbayjon Respublikasining Bosh Vaziri etib tayinlangan.
  • 2003-yil 15-oktyabrda Ozarbayjan Respublikasining Prezidenti etib saylangan. Prezident saylovlarida saylovchilarning 76 % dan ortigʻi Ilhom Aliyev uchun ovoz bergan. 2003-yil 31-oktyabrdan oʻz vazifasini bajarishga kirishgan.
  • 2008-yilda qaytadan prezident etib saylangan. 2013-yilda uchinchi muddatga prezident etib saylangan va hozirda prezident vazifasini bajarishda davom etmoqda.
  • Ozarbayjon,rus,ingliz,fransuz vaturk tillarini biladi.[2][4]
  • Oilali. Uch farzandi, toʻrt nevarasi bor.[5]

Mukofotlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • 28.04.2005 —“Haydar Aliyev” ordeni[6][7]
  • „Qirol Abdulaziz“ ordeni
  • „Shuhrat“ ordeni
  • „Muborak al-Kabir“ ordeni
  • „Uch yulduz“ ordeni „Katta xoch kavaleri“ darajasi[1]
  • Bolgariya Respublikasining yuksak mukofoti — „Stara Planina“ ordeni[8]
  • Belarus Respublikasi, Doʻstlik tartibi[9]
  • Xalqaro munosabatlar va tinchlik uchun Xayriya Murabbiysi mukofoti
  • „Yil kishisi“ — 2010-yilning noyabr oyida Buxarest shahrida Ruminiyaning „BalcaniişiEuropa“ („Bolqonlar va Yevropa“) jurnali tomonidan taqdim etilgan[10]
  • Gretsiya parlamentining Oltin medali
  • „Shayxulislom“ ordeni
  • Rossiya Pravoslav Cherkovining „Prepodobniy Sergiy Radonejskiy“ birinchi darajali Ordeni
  • „Katta Kordon“ Shuhrat Ordeni (xalqaro Harbiy -Sport Soveti)
  • FILA — Shuhrat Zalining eng yuksak „Sport Afsonasi“ ordeni
  • Yevropa Adolatli Oʻyinlar harakatining „Shuhrat“ ordeni
  • MDH mamlakatlari Sport Tashkiloti Xalqaro konferensiyasining „Shuhrat Ordeni“
  • „Birlik ordeni“[11]
  • „Ismoili Somoniy“ ordeni
  • „Xalqlar doʻstligi“ ordeni
  • Birinchi darajaliТurkiya Respublikasi Davlat Ordeni (2013)[12]
  • Ozodlik ordeni (2013)[13]
  • Janub-Janub mukofoti[14](2015)

Faxriy doktori boʻlgan universitetlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Boku Davlat universitetining faxriy doktori
  • Linkoln Universitetining faxriy doktori
  • Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar universitetining faxriy doktori
  • L. N. Gumilyev — Ovrosiyo Milliy universitetining professori
  • Bilkent universitetining faxriy doktori
  • Soliqlar boʻyicha Milliy akademiyaning faxriy doktori
  • Ploesti Neft va Gaz universitetining faxriy doktori
  • Milliy va Jahon Iqtisodiyoti universitetining faxriy professori
  • Kyung Hi Universitetining faxriy doktori
  • Iordaniya Universitetining faxriy doktori
  • Korvinus universitetining ijtimoiy fanlar boʻyicha faxriy doktori
  • M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining faxriy professori
  • Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining faxriy doktori
  • Maxtumquli nomidagi Turkmaniston universitetining faxriy professori
  • Belorus Davlat universitetining faxriy professori[15];
  • Turk Havo Qurumi universitetining faxriy doktori[16].

Faxriy fuqaroligi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Astraxan shahrining faxriy fuqarosi[17].

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Tasvirlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. 1,01,1Prezident.az — Biografiyasi
  2. 2,02,12,22,32,4Bugun Ilhom Aliyevning tugʻilgan kuni
  3. 3,03,13,23,3Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
  4. „Ilhom Haydar o’g’li Aliyev:Biografiyasi“ (az). president.az. 2016-yil 23-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-yanvar.
  5. Azerbaydjanskiy Kulturniy Tsentr imeni Geydara Alieva pri Posolstve Azerbaydjanskoy Respubliki v Respublike Uzbekistan
  6. Ilxamu Alievu vruchili orden Geydara Alieva.news.bbc.co.uk
  7. Ozarbayjon prezidenti ilhom Aliyev mukofotlar taqdim etildi.president.gov.az(Ozarbayjoncha)
  8. http://www.azertag.com/node/882721
  9. http://news.day.az/politics/306161.html
  10. Ozarbayjon respublikasi prezidenti ilhom Aliyev Ruminiyaning Buharest shahrida „Yil kishisi“ deb eʼlon qilindi, 2010-11-27daasl nusxadan arxivlandi, qaraldi:2017-02-22
  11. VALENTINA MATVIENKO ILHOM ALIYEVA ORDEN TOPSHIRDI, 2017-02-22daasl nusxadan arxivlandi, qaraldi:2017-02-22
  12. „Official State visit of Azerbaijan (Photo)“. Precidency of Republic of Turkey.
  13. Prezidenti Ukraїni ta Azerbaydjanu obmіnyalisya derjavnimi nagorodami // Ukraina Prezidenti sayti, 18.11.2013, ukraina tilida
  14. http://www.qafqazinfo.az/siyaset-2/bmt-ilham-eliyevi-teltif-etdi-foto-124064
  15. http://president.az/president/biography
  16. Ilhom Aliyev faxriy doktor qilingan, 2017-02-22daasl nusxadan arxivlandi, qaraldi:2017-02-22
  17. http://news.day.az/politics/301857.html
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi
Ozarbayjon Bosh vaziri muhri
Ozarbayjon SSR
Ozarbayjon
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi
Ozarbayjon SSR
Ozarbayjon
(v) vaqinchalik


DovudShaxsiyat haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Stub ikonaDavlat yetakchisi haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ilhom_Aliyev&oldid=5835323" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp