Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Idealizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Idealizm (qadimgi yunoncha:ἰδέα — idea soʻzidan) —falsafadagi asosiy oqimlardan biri;ong, ruh,tafakkur birlamchi,materiya,tabiat,borliq ikkilamchi deb talqin etuvchi qarashlar tizimi.Materializmning muqobili. I. ning obyektiv va subʼyektiv shakllari bor. Obyektiv I. dunyoning asosida inson ongidan tashqarida va unga bogʻliq boʻlmagan holda gʻayritabiiy ruhiy ibtido (gʻoya, olamiy aql) yotadi, deb hisoblaydi. Bunday taʼlimotning yirik namoyandalari antik falsafadaPlaton,Plotin,Prokl; yangi davrda —G. V. Leybnits,F. V. Shelling ,G. V. F. Gegel boʻlgan. Subʼyektiv I. inson ongidan tashq-aridagi obʼyektiv reallikni inkor etib, fakat subʼyektiv sezgilar mavjud, deb biladi. Bu gʻoyaJ. Berkli,D. Yum,I. G. Fixte taʼlimotida yaqqol ifodalangan. Ruhiy ibtido kanday tushunilishiga qarab I. ning xilma-xil koʻrinishlarini bir-biridan ajratish mumkin; olamiy aql (panlogizm) yoki olamiy iroda (volyuntarizm), yagona ruhiy substansiya (idealistikmonizm) yoki koʻpdan-koʻp ruhiy birinchi unsurlar (plyuralizm), aklan, mantiqan anglanadigan ibtido (idealistik ratsionalizm), sezgilarning hissiy xilma-xilligi (idealistik empirizm va sensualizm, fenomenalizm) ilmiy bilish obʼyekti boʻla olmaydigan, qonuniyatga boʻysunmaydigan, mantiqqa zid ibtido (irratsionalizm).

Odatda, „idealist“ (ideal soʻzidan) tushunchasi olijanob maqsadlarga intiluvchi begʻaraz odamga nisbatan ham ishlatiladi.[1]

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
Falsafa
Umumiy mavzularSharq falsafasi ·Gʻarb falsafasi  | Falsafa tarixi:Antik ·Oʻrta Asrlar ·Oydinlashma ·Renessans ·XVII asr ·XVIII asr  ·XIX asr ·XX asr
SohalarEstetika ·Etika ·Epistemologiya ·Mantiq ·Metafizika ·Taʼlim falsafasi ·Tarix falsafasi ·Til falsafasi ·Huquq falsafasi ·Fan falsafasi ·Metafalsafa ·Siyosat falsafasi ·Din falsafasi ·Urush falsafasi
OqimlarTahliliy falsafa ·Determinizm ·Dialektik materializm ·Ratsionalizm  ·Ekzistensializm ·Absurdizm ·Hegelchilik ·Gumanizm ·Idealizm ·Materializm ·Yangiaflotunchilik ·Nigilizm ·Fenomenologiya ·Aflotunchilik ·Pozitivizm ·Postmodernizm ·Pragmatizm ·  ·Sxolastitsizm ·Stoitsizm
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Idealizm&oldid=3532029" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp