Ibrohim Loʻdiy
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Ibrohim Loʻdiy (?-1526) —Loʻdiylar sulolasining uchinchi va soʻnggi vakili,Dehli sultoni (1517—1526). 1517-yil otasiSikandar (1488—1517) vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Ibrohim Loʻdiy oʻz xukmronligi davrida ichki nizolarga barham berib, markaziy xokimiyatni mustahkamlagan, qoʻshni Gvalior rojasi Vikramajit va Mevar rojasi Rano Sango ustidan gʻalaba qozongan. Ammo, 1526-yilBobur bilan boʻlganPanipat jangida yengilib, halok boʻlgan.
Ibrohim Loʻdiy davrida mamlakatda ilm-fan va madaniyat birmuncha taraqqiy etgan. Oʻsha vaqtlarda bunyod etilgan bir qancha meʼmoriy yodgorliklar hozirgacha saqlanib qolgan.[1]
| Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |