iPhone 15 iPhone 15 Plyus | |
---|---|
![]() iPhone 15 Plus (ko'k rangi) | |
Brend | Apple Inc. |
Seriya | 17chi |
Form-faktor | Shifer |
Vazni |
|
Vebsayt | [apple.com/iphone-15apple.com/iphone-15] |
iPhone 15 vaiPhone 15 Plus – buApple Inc. tomonidan ishlab chiqilgansmartfonlar. UlariPhone 14 dan keyingio'n yettinchi avlodiPhone smartfonlari hisoblanadi. iPhone taqdimoti 2023-yil 12-sentabrda iPhone 15 Pro va Pro Max variantlari,Apple Watch 9 seriyasi va Apple Watch Ultra 2 bilan eʼlon qilindi[1].Yangi iPhone gadjetlari 2023-yil 22-sentyabrdan sotuvga chiqariladi, oldindan buyurtmalar esa 15-sentabrdan boshlanadi.
2021-yilda Yevropa Komissiyasi USB-C-niYevropa Ittifoqidagi barcha qurilmalarda, shu jumladan iPhonelarda joriy qilish taklifini koʻrib chiqishni boshladi[2]. Apple tahlilchisi Ming-Chi Kuoning taʼkidlashicha, Apple 2023-yilga kelib oʻzining xususiy Lightning ulagichidan voz kechadi.[3] Taklif 2022-yil oktabr oyida qonunga kiritilib, Radio jihozlari boʻyicha direktivaga aylandi. Apple oʻsha oyda Yevropa Ittifoqi qoidalariga rioya qilishini tasdiqladi[4].
iPhone 15 6.1-inch (155 mm) displey Super Retina XDROLED. Piksel oʻlchami 2556×1179 piksel zichligi 460 PPI. iPhone 15 Plus 6.7-inch (170 mm), piksel oʻlchami 2796 × 1290, piksel zichligi 460 PPI bilan bir xil texnologiyaga ega displey. Ikkala model ham Super Retina XDR OLED displeyiga ega. Odatdagi yorqinligi 1000 nitsgacha, eng yuqori yorqinligi ichkarida(HDR) 1600 nitsgacha va eng yuqori yorqinligi tashqarida 2000 nitsgacha yetadi[5]. Dinamik orol funksiyasi endi iPhone 15 da standart boʻlib, displey burchagini almashtiradi[6].
iPhone 15 va iPhone 15 Plus 5 ta yangi rangda, koʻk, pushti, sariq, yashil va qora ranglarda taqdim etiladi.
Rang | Ism |
---|---|
Moviy | |
Pushti | |
Sariq | |
Yashil | |
Qora |
iPhone 15 va iPhone 15 PlusUSB 2.0 uzatish tezligiga ega (taxminan 480 Mbit/s/60 Mbit/s gacha)USB-C’dan foydalanadi[7]. iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max’da esa uzatish tezligi USB 3.1.(taxminan 10Gbps / 1,25GBps gacha).[8]
Barcha iPhone 15 modellari 4K HDR bilan USB-C video chiqishi orqali DisplayPort alternativ rejimini qoʻllab-quvvatlaydi.[9][10]
Oldingi iPhone modellari (iPhone 5 daniPhone 14 gacha) Lightning ulagichidan foydalanilgan bol’sa, endilikda iPhone 15 modelidan boshlab USB ulagichlaridan foydalaniladi[11].
iPhone 15 Plus foydalanuvchilarga 26 soatgacha video va 100 soatgacha audio tinglash imkonini yaratadi.iPhone 15 esa biroz kamroq, 20 soatgacha video va 80 soatgacha audio ijro etish imkonini beradi[12].
iPhone 15 va iPhone 15 Plus iOS 17 bilan ishga tushadi[13]. Shu jumladan 15 va 15 Plus modellarida Dynamic Island mavjud.[14]
Oldingisi | iPhone 17chi avlod | Eng soʻnggi |