Internet Movie Database (IMDb, tarjimasiFilmlarning Internetdagi bazasi) —filmlar,TV programmalar, aktyorlar, kinochilar,videooʻyinlar va badiiy qahramonlar haqida maʼlumot toʻplangan onlayn maʼlumot bazasi. Saytdan koʻplab odam foydalanadi: har oy IMDbga 10 milliondan oshiq foydalanuvchilar tashrif buyuradi[1].
IMDb 1990-yil 17-oktabrda ochilgan. 1998-yilAmazon.com tomonidan oʻzlashtirilgan. 2012-yil noyabr oyida olingan maʼlumotga koʻra, IMDbda 2 352 367 ta badiiy nom va 4 930 353 ta kishi haqida maʼlumot bor[2].
2022-yil mart oyi holatiga koʻra, maʼlumotlar bazasida taxminan 10,1 million nom (shu jumladan televideniya epizodlari) mavjud edi[3].
2023-yil 12-fevral holatiga ko‘ra,Alexa veb-sayt reytingiga ko‘ra, IMDb dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytlar ro‘yxatida 54-o‘rinni egalladi[4].
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar bergan ovozlar yordamida IMDbda eng sara 250 film aniqlanadi[5]. Bu roʻyxatga 25 000 dan oshiq ovoz olgan, 45 minutdan uzoq davom etadigan va hujjatli boʻlmagan filmlargina kiritiladi.
Joriy formula oshkor etilmagan bo'lsa-da, IMDb dastlab ularning vaznli reytingini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalangan[6]:
qaysiki:
- W vaznli reyting hisoblanadi;
- R film uchun oʻrtacha reyting hisoblanadi, 1 dan 10 gacha;
- v film uchun berilgan ovozlar soni;
- m top 250 roʻyxatiga kirish uchun zarur boʻlgan minimal ovozlar;
- C butun hisobot boʻyicha oʻrtacha ovoz hisoblanadi.
Eng sara 250 roʻyxati keng koʻlamli badiiy filmlarni oʻz ichiga oladi, jumladan, yirik relizlar, diniy filmlar, mustaqil filmlar, tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan filmlar, ovozsiz filmlar va ingliz tilidagi boʻlmagan filmlar. Hujjatli filmlar, qisqa metrajli filmlar va teleseriallar hozircha kiritilmagan.
2015-yildan beri reytingdagi telekoʻrsatuvlarga bagʻishlangan Top 250 roʻyxati mavjud[7].
2022-yildekabr holatiga koʻra IMDbda quyidagicha statistika bor[8]:
| Turi | Soni |
|---|
| Badiiy film | 629,807 |
| Qisqa film | 862,336 |
| TV seriallar | 235,708 |
| TV epizodlar | 7,147,915 |
| TV kinolar | 138,848 |
| maxsus TV uchun | 39,642 |
| TV qisqa-seriyalar | 46,417 |
| TV qisqa (shortsenglish) | 10,622 |
| Podkast seriyalar | 24,778 |
| Podcast epizodlar | 3,076,386 |
| Videolar | 268,515 |
| Videooʻyinlar | 33,106 |