Huloku, Hulagu, Hulokuxon, Halokuxon (1217,Moʻgʻuliston —1265.8.2,Marogʻa,Eron) —Hulokuiylar davlati vasulolasi asoschisi.Chingizxonningnabirasi,Tulixonning 4-oʻgʻli. Moʻgʻulistonda tugʻilgan. Yoshligidan harbiy yurishlarda qatnashgan. H. Ulugʻqurultoyning qarori bilanAmudaryodan kechib oʻtib (1256), qisqa vaqt ichida hozirgiAfgʻonistonning bir qismini,Eron,Iroq,Zakavkazye,kichik Osiyo yerlarini bosib olgan (1256— 58). 1256-yil oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan. H. nomigagina ulugʻqoonga boʻysungan, undan elxon unvonini olgan. H. shomoniylikka eʼtiqod qilsa-da, boshqa dinlarni taʼqib etmagan.Ismoiliylar davlatini (1256) vaAbbosiylarxalifaligini (1258) butunlay tor-mor qilgan. Soʻnggi xalifa — Mustaʼsimni qatl etgan. 1260-yilmoʻgʻulqoʻshinlariSuriyaga bostirib kirgan, lekinFalastinda boʻlgan jangdaMisr qoʻshinlari (mamluklar) tarafidan yengilgan. 1262-yilOltin Oʻrda bilan urush olib borgan.