Huh Chan-mi 허찬미 | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | Huh Chan-mi 6-aprel1992 |
Janrlar | K-pop |
Faoliyat yillari | 2010–hozirgacha |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Veb-sayt | Huh Chanmi FirstOne |
Huh Chan-mi (1992-yil 6-aprelda tugʻilgan), janubiy koreyalik qoʻshiqchi. Huh birinchi marta 2010-yilda Janubiy KoreyaningCoed School guruhi a'zosi sifatida debyut qilgan va guruh bo'linib ketganidan so'ng, keyinchalik 2011-yildaF-ve Dolls qizlar guruhi tarkibiga aylangan va 2012-yil fevral oyida guruhni tark etgan. Huh qisqa vaqt davomida mashg'ulotlarga qaytgan vaProduce 101 (2016) vaMix Nine (2017) kabi bir nechta realiti-shoularda paydo bo'lgan. Ko`rsatuvlarda paydo bo'lganidan so'ng, Huh o'zining "Highlight" nomli yakkaxon debyut albomi chiqishidan oldin, 2020-yilda yakkaxon ijrochi sifatida FirstOne Entertainment bilan shartnoma imzolagan.
Huh 2004-yildaSM Entertainmentda stajyor bo'lgan. U dastlabGirls' Generation guruhining o'ninchi a'zosi bo'lishi uchun tayyorlangan, ammo u juda yosh bo'lgani uchun va endigina yettinchi sinfda o'qiyotganligi sabab guruhning tarkibiga kira olmagan.[1] U Anyang san'at maktabiga o'qishga kirgan va 2011-yilda uni tamomlagan.[2]
SM Entertainmentni tark etgach, HuhCore Contents Media kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan va 2010-yilda Coed School guruhining asosiy vokalisti sifatida o'zining rasmiy debyutini qilgan. Guruh "Too Late" singli bilan sahnada ilk namoyishini qilgan.[3] 2011-yil o'rtalariga kelib, Coed School ikkita kichik bo'limga bo'lingan:Speed vaF-ve Dolls. Huh F-ve dollsning a`zosi edi. Guruh "Lip Stains" va "Your Words" singllari uchun ikkita reklama roliklarini chiqargan, ularda Huh guruhdoshiLee Soomi va qo'shiqchiJay Park bilan birga bosh qahramon obrazida bo'lgan.[4] F-ve Dolls 2012-yilda Huh guruhdan va Core Contents Mediadan ketishidan oldin yana bitta "Like This Or That" deb nomlangan singlni chiqardi. Oʻshanda Huh Twitter ijtimoiy tarmog`ida boshqa agentlik izlayotgani haqida yozgan.[5]
2020-yil yanvar oyida Huh FirstOne Entertainment bilan shartnoma imzolagan va oʻzining yangi romanlashtirilgan sahna nomiHuh Chan Mi ostida shaxsiy YouTube kanalini ochgan.[6][7] Uning birinchi videosi Janubiy Koreyada mashhur boʻlganCamila Cabello vaShawn Mendesning"Señorita” qoʻshigʻining o`zi aytgan talqini edi. Iyun oyida Huh keyingi oy albom chiqarishga tayyorlanayotgani e'lon qilindi.[8] Huh o'zi yaratgan "I'm fine thanks" qo'shig'ini chiqargan. Qo'shiq Huhning baxtsizligini yashirgan holda qanday qilib qiyinchiliklarni yengib, san`at sohasida o'sishi kerakligi haqida.[9] Huh o'ziningHighlight yakkaxon albomini 23-iyul kuni "Lights" singli bilan birga chiqargan.[10]
Nom | Yil | Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar | Albom |
---|---|---|---|
KOR | |||
"I'm fine thanks" | 2020 | — | Highlight |
"Lights" | — | ||
"Haeundae Beach"(해운대 밤바다) | 2021 | — | Chanmi's Trot: Haeundae Beach |
Nom | Yil | Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar | Albom |
---|---|---|---|
KOR [11] | |||
"Yum-Yum"(얌얌) | 2016 | 9 | PRODUCE 101: 35 Girls 5 Concepts |
"Like a Star"(이 밤이 지니면) | 2018 | — | MIXNINE Part.4 |
"Father's Youth"(아빠의 청춘) | 2020 | — | Miss Trot 2 Preliminary Best PART2 |
"An Odious Man"(미운 사내) | 2021 | — | Miss Trot 2 Team Mission BEST |
"Still a Dark Night"(아직도 어두운 밤인가봐) | — | Miss Trot 2 Death Match PART2 | |
"Danger" | — | Miss Trot 2 Medley Team Mission Group | |
"Acacia"(아카시아) | — | ||
"Parallel"(평행선) | — | ||
"Empty Glass"(빈잔) | — | ||
"Lingering Affection"(미련) | — | Miss Trot 2 Legend Mission Best Semi-Final 2 | |
"The Rope of Love"(사랑의 밧줄)Maria bilan | — | ||
"It's a Wonderful Life"(멋진인생)Miss Rainbow sifatida | — | Miss Trot 2 Final Song of Life Mission | |
"Magic Girl"(마법소녀)m | — | Let's Be My Daughter PART3 |