Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Hudud ul-Olam

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"HUDUD ul-OLAM" ("Olamchegaralari"), "Kitobi hudud al-Olam minal mashriq ilal magʻrib " —tarixiy-geografikasar. nomaʼlum muallif tomonidanfors tilida98283 yillardaJuzjonviloyatida yozilgan boʻlib, shu viloyathokimi amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga bagʻishlangan. Bu asar oʻz zamonasida ham,19-asr oxirigacha ham shunom bilan hech qaysimanbada qayd etilmagan;1258 yil qayta koʻchirilgan. Asar boshqa nom bilan mashhur boʻlganligi taxmin etiladi. Asar jami 60 bob (maqola)dan iborat boʻlib,muqad-•dimadan keyinquruqliklarning chegaralari,dengiz vaqoʻltiqlar,orollar,togʻlar,konlar,daryolar,choʻllar vaqumlar, soʻngrajahondagi viloyatlartaʼrifi berilgan, shuningdek koʻplabetnografik vaiqtisodiy maʼlumotlar keltirilgan. Muallif yerning obod qismini 51 viloyatga boʻlgan va uning 45 tasiekvatordanshim.da 1 tasi ekvator ustida, 5 tasi ekvatordanjan.da degan. Uqitʼalar haqida fikr yuritibyunonlar zamo-nidayoq dunyo 3 qismga: Osiyoi Akbar (Katta Osiyo), Libiya (Afrika) va Urupo (Yevropa)ga boʻlinganini aytib, har birining chegarasini koʻrsatib bergan. AsardaOʻrta Osiyo, xususan,Oʻzbekistonga doir geografik, etnografik maʼlumotlar koʻplab uchraydi. Xususan,Buxoro,Poykend,Sugʻd,Tavo-vis,Karmana,Kushoniya,Samarq-and,Kesh,Termiz,Kot,Fargʻona,Shosh va boshqashahar va viloyatlar taʼrifi keltirilgan.

Asarning yagonaqoʻl yozmanusxasini Abdulfozil Gulpoygoniy1892 yil Buxorodan topgan. 1893-yildansharq-shunos A.G.Tumanskiyning shaxsiykutubxonasida saqlanib,1924 yil Osiyo muzeyi fondiga berilgan.V.V.Bartold "H.ul-O." matnini soʻzboshi vaizohlar bilanrus tilida (1930), V.F.Minorskiyingliz tilida (1937) nashr ettirgan.

Ad.Hasanov H., Sayyoholimlar, T., 1981.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Hudud_ul-Olam&oldid=5337012" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp