Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Henri Kavendish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Henri Kavendish (Cavendish) (1731.10.10,Nitssa — 1810.24.2,London) — inglizfizigi vakimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1760-yildan).Kembrij universitetini tugatgan (1753). Hayotining koʻp qismini tanholikda oʻtkazib, butun faoliyatini fanga bagʻishlagan.

Ishlari gazlar kimyosi,elektr, amaliy fizikaga oid.Vodorod gazini toza koʻrinishda olgan (1766), havodagi kislorod miqdorini (1781) va suvning kimyoviy tarkibini aniqlagan (1784) hamda sunʼiy yoʻl bilan suv olish mumkinligini koʻrsatgan.Elektr zaryadlarning oʻzaro taʼsirini oʻrganib, Kulon qonunins avvaldan aytib bergan (1771).

Kavendish fangaelektr sigʻimi tushunchasini kiritgan. Kondensator sigʻimita muhitning taʼsir etishini kashf qilgan, bir necha moddalarning dielektrik singdiruvchanligini aniqlagan. Gravitatsion doimiyni, Yer massasini va uning oʻrtacha zichligini aniqlagan (1798). 1881-yilda Kembrij universiteti qoshidagi fizika laboratoriyasi Kavendish nomiga qoʻyilgan. Keyinchalik bu laboratoriya fizika, biologiya va b. fanlar tadqiqotlari boʻyicha jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markaziga aylandi.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Henri_Kavendish&oldid=5304487" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp