Harry Potter va ajal tuhfalari (inglizcha:Harry Potter and the Deathly Hallows) inglizyozuvchisiJ. K. Rowling qalamiga mansubfentezi janridagiromandir.Harry Potter romanlar seriyasidagi yettinchi va soʻnggi kitobdir.2007-yil17-iyuldaBirlashgan Qirollikda Bloomsbury Publishing nashriyoti tomonidan,AQShda Scholastic nashriyoti tomonidan hamdaKanadada Raincoast Books nashriyoti tomonidan chop etilgan. RomanHarry Potter va tilsim shahzodasi (2005) kitobidagi voqealardan keyin sodir boʻlgan voqealar hamda sehrgarlar —Harry Potter vaLord Voldemort oʻrtasidagi yakuniy jang haqida hikoya qiladi.
Harry Potter va ajal tuhfalari romani chiqarilgandan buyonHarry Potter romanlari seriyasiga kiruvchi avval chiqarilgan kitoblar qayd etgan sotuv koʻrsatkichlaridan oshib, sotuvlar boʻyicha rekordlarni yangiladi. Bu roman 24 soat ichida AQShda 8,3 million nusxada, Birlashgan Qirollikda esa 2,65 million nusxada sotildi va buning ortidanGuinness rekordlar kitobiga kirdi.[1][2] Romantanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. 2008-yili „Colorado Blue Spruce Book mukofoti“ga sazovor boʻldi va Amerika kutubxonalari assotsiatsiyasi tomonidan „Yosh-u kattalar uchun eng yaxshi kitob“ deb topildi. Ushbu roman asosida ikkita film suratga olingan:Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism (2010) vaHarry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism (2011).
Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.
Dumbledore vafotidan soʻng, Voldemort Sehrgarlar vazirligini nazoratiga oldi. Ayni paytda, Harry oʻn yetti yoshga toʻlib, buning ortidan vafot etgan onasi muhofazasi yoʻqoladi. Harry, Ron va Hermione Voldemortning jontumorlarini topishga tayyorgarlik koʻrishadi. Ularning har biri Dumbledoredan meros oladi: Harryga oltin snitch, Ronga deluminator, Hermionega esa „The Tales of Beedle the Bard“ („Beedle qahvaxonasi ertaklari“). Ularga, shuningdek, Godric Gryffindor shamshiri ham meros qolgan boʻladi, biroq Vazirlik shamshirni olishga toʻsqinlik qiladi.
Oradan 19 yil oʻtib, bosh qahramonlar farzandlarini Hogwartsga olib kelishadi. Harry va Ginnyning uch farzandi bor: James Sirius, Albus Severus va Lily Luna. Ron va Hermionening esa Rose va Hugo ismli ikki farzandi bor. Draco va uning rafiqasi oʻgʻli Scorpiusni kuzatib qoʻyishadi. Hogwartsga ilk marotaba borayotgan Albus otasi Harryga Slytheringa tushib qolishidan xavotirda ekanligini bildiradi. Harry unga Snapening sheryurakligini soʻzlab beradi hamda uning xohishini taqsimlovchi shlyapa hisobga olishini aytadi. Chandigʻi 19 yildan buyon ogʻrimadigan Harry „hammasi yaxshi“, deb taʼkidlaydi.
- Yovuz Lordning yuksalishi
- Albus Dumbledore xotirasiga
- Dursleylarning koʻchib ketishi
- Yetti nafar Potter
- Halok boʻlgan jangchi
- Uyqu kiyimidagi qonxoʻr
- Albus Dumbledoreming vasiyati
- Toʻy
- Panagoh
- Taraqqos (Kreacher) ning kechinmasi
- Pora
- Sehr qudratlidir
- Mugglelar oilasida tugʻilganlarni qayd etish komissiyasi
- Oʻgʻri
- Goblinning qasosi
- Godric jarligi
- Bathildaning siri
- Albus Dumbledorening hayoti va yolgʻoni
- Kumush tusli urgʻochi bugʻu
- Xenophilius Lovegood (Ksenofilius Lavgu)
- Uch aka-uka haqida ertak
- Ajal tuhfalari
- Malfoylar uyi
- Sehrli tayoqcha yasash ustasi
- Shell kotteji
- Gringotts
- Soʻnggi maxfiyjoy
- Yoʻqolgan koʻzgu
- Gʻoyib boʻlgan soch toji
- Severus Snapening ishdan boʻshashi
- „Hogwarts“ uchun jang
- Qadimiy tayoqcha
- Shahzodaning kechinmalari
- Yana oʻrmonda
- Kings-Kross
- Rejada yoʻl qoʻyilgan xato
Ushbu kitob asosidaHarry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism vaHarry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism nomli ikki fim suratga olingan. Ikki filmga hamDavid Yates rejissorlik qildi. Steve Kloves ssenariynavis sifatida,David Heyman,David Barron vaJ. K. Rowling produser sifatida qatnashdi. 1-qism 9-noyabr 2010-yilda, 2-qism esa 15-iyul 2011-yilda katta ekranlarga chiqarildi.[3][4] Filmni suratga olish ishlari 2009-yil noyabridan 2010-yil 12-noyabrga qadar davom etdi.[5]
Harry Potter va ajal tuhfalarinioʻzbek tiligaShokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2020-yilToshkent shahrida „Ilm-ziyo — zakovat“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi va iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi — Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir — Lolaxon Qoʻziboyeva, badiiy muharrir — Asaloy Eshonqulova va dizayner — Feruzbek Vohidov.[6]