Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Harbiy holat

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Harbiy holat – konstitutsiyaviy huquqda favqulodda vaziyatlarda oʻrnatiladigan vadavlat mudofaasi yoki jamoat tartibi, davlat xavfsizligini taʼminlash uchun favqulodda choratadbirlarni qoʻllash bilan ajralib turadigan alohida huquqiy rejim. Harbiy holat uni joriy etishga vakolatli davlat organining qarori bilan alohida holatlarda (harbiy harakatlar boshlanganda, ommaviy tartibsizliklar roʻy berganda va hokazo) oʻrnatiladi. Harbiy holat ayrim joylarda ham, butun mamlakat hududida ham eʼlon qilinishi mumkin. Harbiy holat paytida harbiy idoralarga mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va jamoat muassasalari va tashkilotlariga farmoyishlar berish huquqi beriladi. Harbiy maʼmurlarning buyruq va farmoyishlariga boʻysunmaganlik uchun harbiy davr qonunlari boʻyicha kuchaytirilgan javobgarlik belgilanadi. Fuqarolarning bir qancha huquqlari cheklanib turiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 18-bandiga koʻra,Oʻzbekiston Respublikasining PrezidentiOʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon qiladi va qabul qilgan qarorini 3 kun ichidaOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdigʻiga kiritadi. Oʻzbekiston Respublikasining „Mudofaa toʻgʻrisida“gi qonuni (1992-yil 3-iyul) boʻyicha Oliy Bosh qoʻmondonning vazifalari Harbiy holat eʼlon qilinishi bilanoq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklanadi. Uning huzuridaMudofaa Kengashi tuziladi. Kengash harbiy davrda qurolli Kuchlarga va xalq xoʻjaligiga rahbarlik qiladi. Harbiy holat tartibi qonunlar bilan belgilanadi.

HARBIY YO‘LOVCHILAR – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari, oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar, harbiy yigʻinlarga chaqirilgan rezervchilar, sh.j., O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa yigʻinlarda qatnashishga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda harbiy pensionerlar va ularning oila a’zolari.

HARBIY YUKLAR – qurol-yaroq va o‘q-dorilar, harbiy va boshqa texnikalar, moddiy-texnik vositalar, qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan harbiy hamda boshqa yigʻinlarga jalb etilgan iqtisodiyot tarmoqlari va mulkdorlarning texnikalari, sh.j., butlovchi buyum, ehtiyot qismlari va sarflash materiallari, xizmat hayvonlari, hujjatlar, shuningdek, vazirlik tasarrufiga vaqtincha berilgan (O‘zbekiston hududi bo‘ylab yoki O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga va ortga tashiladigan) har qanday mol-mulk.

HARBIY-DENGIZ TEXNIKASI VA QUROL-ASLAHALARI vazifasidan qat’iy nazar, barcha turdagi harbiy suv usti va suv osti kemalari, ularga o‘rnatilgan qurol-aslahalar, bunday kemalar manfaatlarida qo‘llaniladigan operativ va texnik ta’minot vositalarining majmui.

HARBIY-TEXNIK MULK – aslaha-anjomlar, brezent va gazlamadan tayyorlangan buyumlar, yog‘och idishlar (qutilar), zaxira asbob va anjomlar, artilleriya asboblarida qo‘llaniladigan akkumulyator batareyalarining barcha turlari, oddiy artilleriya asboblari (chizg‘ichlar, to‘rtburchak o‘lchagichlar, kurvimetrlar, sirkullar, kompaslar, artilleriya doira o‘lchagichlari, lupalar, sekundomerlar, o‘q otish mashqiga oid o‘quv anjomlar va shu k. boshqa asboblar).

HARBIY-TEXNIK SIYOSAT– davlat tomonidan QKning zamon talablari darajasida jihozlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladigan, qurollanish va harbiy texnikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan qarashlar tizimi.

HARBIY-TEXNIK YORDAM – xorijiy davlat tomonidan, o‘z zimmasidagi xalqaro majburiyatlarga muvofiq, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, ekologik va shu k., boshqa sabablarga ko‘ra harbiy maqsadlarga qaratilgan mahsulotlarning bepul yetkazib berilishi va (yoki) shunday maqsadlar ko‘zlagan xizmatlar ko‘rsatilishi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash

O‘zbek harbiy terminlarining izohli lug‘ati / O‘R QK Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti, 2025. - 457 b. UO‘K 811.512.133:355/359 KBK 81.2Ўзб-4:68я2.

Stub ikonaHuquqshunoslikka oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Harbiy_holat&oldid=5812795" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp