HTML (inglizcha:Hypertext Markup Language —hipermatnli belgilash tili) —SGML (inglizcha:Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til,xalqaro turda ishlatiladi.
HTML tili taxminan 1991—1992-yillardaYevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassisTim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari undahipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimchamultimedia (tasvir,tovush,animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.
<!DOCTYPE html><html><head><title>Bu sarlavha</title></head><body><p> Erkak:<inputtype="radio"name="jins"> Ayol:<inputtype="radio"name="jins"></p><div><p>Hello world!</p></div></body></html>
<head><title>Sarlavha</title><linkrel="stylesheet"href="stylebyjimbowales.css"/><!-- stylesheetlarni import qilish --></head>
<h1>Sarlavha 1</h1><h2>Sarlavha 2</h2><h3>Sarlavha 3</h3><h4>Sarlavha 4</h4><h5>Sarlavha 5</h5><h6>Sarlavha 6</h6>
HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:
- Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro'yxat va hokazo).
- Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo'lib o'zaro bog'langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
- Matnning rangi, qalinligi va boshqashrift ko'rsatkichlarini belgilash.
- Maxsus belgilar qo'yish.ASCII kodirovkasida ko'rsatilmagan belgilarHTML vositalari bilan qo'yish mumkin. Masalangrek alfaviti belgilari α,ψ, ζ,matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾,moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.
- Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
- Multimediafayllarini ochish.
- Boshqa imkoniyatlar
HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas.
HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud bo'lganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan.1995-yil „Xalqaro O'rgimchak to'ri konsortsiumi“ tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda koʻp yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini o'rash,matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brauzerlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan bo'lib, darxol 3.2 versiyaga o'tildi. Unda 3.1 versiyadagi ba'zi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqaMathML standartida alohida ko'rsatildi.
HTMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oidteglar (masalan, <label>) tushirib qoldirildi, ba'zi teglar eskirgan sifatida tavsiya etildi (masalan, <font> tegi oʻrnigaCSS imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi).
<!DOCTYPE html><html lang="uz">
<head></head> <body></body>
</html>