Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Guliston (asar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqolavikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolaniVikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.
Saʼdiy Sheroziy gulzorda (1645-yilda Boburiylar saltanatida yozilgan qoʻlyozmaga ishlangan rasm)

Guliston (forscha:گُلِستانgulistạnGul bogʻi“ ; [golestɒːn]), baʼzanGolestan deb yoziladi, fors adabiyotining diqqatga sazovor yirik asari.Milodiy 1258-yilda yozilgan bu oʻrta asrlarning eng buyuk fors shoirlaridan biri hisoblanganSaʼdiyning ikki asosiy asaridan biridir. Bu shuningdek, uning eng mashhur kitoblaridan biri boʻlib, Gʻarbda ham, Sharqda adabiyotga ham chuqur taʼsir koʻrsatgan[1]. Guliston gullar toʻplami boʻlganidek, „Guliston“ ham sheʼr va hikoyalar toʻplamidir. U donolik manbai sifatida keng tilga olinadi. Gʻarb dunyosida hamon tez-tez takrorlanadigan mashhur aforizm ham „Guliston“ asaridan olingan: „Men oyoq kiyimim yoʻqligidan noliganda, oyogʻi yoʻq odamni uchratib qoldim“.

Shoir Saʼdiy kechalari bogʻda yosh doʻsti bilan suhbatlashmoqda. „Guliston“ga ishlangan miniatyura. Hirot, 1427-yil. Chester Beatty kutubxonasi, Dublin; shahzodaBoysungʻur kutubxonasida ishlangan.

Tuzilishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asarning kirish qismi qoʻlyozmasi

Muqaddimadan soʻng „Guliston“ sakkizta bobga boʻlingan boʻlib, har biri bir qancha hikoyatlardan iborat boʻlib, qisqa sheʼrlar bilan bezatilgan[2][3].

1. Shohlarning xulq-atvori
2. Darveshlar axloqi haqida
3. Qoniqishning mukammalligi haqida
4. Sukunatning afzalliklari haqida
5. Sevgi va yoshlik haqida
6. Zaiflik va qarilik haqida
7. Taʼlimning taʼsiri haqida
8. Hayotda xulq-atvor qoidalari haqida

Hammasi boʻlib asarda fors tilida 595 ga yaqin qisqa sheʼrlar mavjud boʻlib, ularning har biri oʻrtacha ikki baytdan ozroq,ruboiy shaklida ham uchraydi..

Asarning tarjima qilinishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
André du Rayer tarjimasining muqovasi

Saʼdiy Gʻarbga birinchi marta Andre du Ryer[4] (1634) tomonidan qismanfransuzchaga tarjima qillingan. Fridrix Oxsenbaxnemis tilidagi tarjimasini (1636) shunga asoslanadi. Georgiy Gentius 1651-yilda forscha matn bilan birgalotincha nusxasini yaratdi[5]. Adam Olearius birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri nemis tarjimasini qildi[6].

Birlashgan Millatlar Tashkilotida „Guliston“dan iqtibos

[tahrir |manbasini tahrirlash]

"Guliston "ning 1-bobi, 10-hikoyasining bir qismi boʻlgan ushbu mashhurbayt Nyu-YorkdagiBirlashgan Millatlar Tashkiloti binosida devorga osilgan gilamga toʻqilgan:[7]Andoza:Misra tarjimasi

Raqsga tushayotgan darveshlar („Guliston“ga ishlangan miniatura, 1615-yil)
Slackers

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „404-error“. 2011-yil 4-iyulda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  2. Chapter titles given in the 1899 translation by Sir Edwin Arnold,http://www.sacred-texts.com/isl/gulistan.txt
  3. „The Gulistan or Rose Garden of Sa'di - Edward Rehatsek“.
  4. texte, Saʿadī (1193-1292?) Auteur du. Gulistan, ou L'empire des roses, composé par Sadi,... trad. en français par André Du Ryer,... (EN), 1634. 
  5. Iranian Studies in the Netherlands, J. T. P. de Bruijn,Iranian Studies, Vol. 20, No. 2/4, Iranian Studies in Europe and Japan (1987), 169.
  6. Lewis, Franklin (15 December 2001). "GOLESTĀN-E SAʿDI". Encyclopædia Iranica. http://www.iranicaonline.org/articles/golestan-e-sadi. Qaraldi: 16 January 2011. 
  7. „Payvand News 24 August 2005“. 2018-yil 6-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Guliston_(asar)&oldid=5277199" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp