Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Niderland tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Golland tilidan yoʻnaltirildi)
Niderland tili
Milliy nomiNederlands
MamlakatlarGollandiya,Belgiya,Surinam
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni28.000.000
Turkumlanishi
Til oilasiHind-yevropa
Alifbosilotin
Til kodlari
ISO 639-1nl
ISO 639-2nld
ISO 639-3nld

Niderland tili yokigolland tili (niderlandcha:Nederlands) —Hind-yevropa tillari oilasidagigerman tillari guruhiga mansub,Niderlandiya,Belgiya,Vest-Indiyada, qismanAQShda tarqalgan. Niderlandiya Qirolligining rasmiy tili,Belgiya qirolligining rasmiy tillaridan biri (fransuz tili bilan birga). N. T.da 20 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi.

Niderland tili oʻrta asrlarda salik franklari qabilaviy lahjalarining friz va sakson qabilaviy lahjalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi jarayonida shakllangan. Oʻz tarixida 3 rivojlanish bosqichini oʻtgan: qad. niderland (9—11-asrlar), oʻrta niderland (12—15-asrlar) va yangi niderland (16-asrdan boshlab; bu davr hozirgi niderland tiliga oʻtish bosqichidir).

1650-yilda shim. niderlandlar tili "golland tili" deb atalgan. 19-asrda Niderlandiya Qirolligi vujudga kelgach, "niderland tili" termini barkarorlashib qoladi. Yagona adabiy til meʼyo-riy asoslari, til taraqqiyoti markazining shimolga koʻchishi munosabati bilan 17-asrda vujudga keladi. Adabiy tilning ogʻzaki va yozma koʻrinishlarida, shuningdek, shim. va jan. variantlarida fonetik va grammatik sathlarda, leksikada muayyan hududiy farqlar mavjud.

Niderland tili dialektal jihatdan shim.-markaziy, shim.-gʻarbiy, jan.-markaziy, jan.-gʻarbiy, shim.-sharqiy, jan.-sharqiy lahja guruhlariga ega.Fonetikasi jarangsiz portlovchi undoshlarning mavjudligi, diftonglarga boyligi, urgʻuning, asosan, oʻzakka tushishi bilan ajralib turadi. Til xususiyatlariga va grammatik qurilishiga koʻra, Niderland tili analitik tipdagi tillardandir. Koʻp jiqatdan nemis tiliga juda yaqin, le-kin sifatlarning turlanmasligi, gapdagi soʻz tarkibining oʻziga xosligi jixatdan farqlanadi. Niderland tili yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar, M., 1990.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tillarning yer shariJahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Niderland_tili&oldid=5100467" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp