Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Glenn T. Seaborg

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Glenn Theodore Seaborg (1964)

Glenn Seaborg (1912.19.4, Ishpeming,Michigan shtati –1999.25.2) — amerikalik fizik va kimyogar,Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1948). Los Anjeles universitetini tugatgan (1934).Kaliforniya universitetida ishlagan (1937-yildan; 1945-yildan professor, 1958–61 yildan prezidenti). 1942–46 yillarda Chikagodagi Metallurgiya laboratoriyasida, 1954–61 va 1971-yildan Berklidagi Radiatsion laboratoriyaning ikkinchi direktori. 1961–71 yillarda AQSHatom energiyasi boʻyicha komissiya raisi. Ilmiy ishlari radiokimyo, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid.Edwin McMillan bilan hamkorlikda plutoniyni sintez qilgan (1940–41), boshqa olimlar bilan hamkorlikda ameritsiy, Kyuriy (1944), Berkliy (1949), Kaliforniy (1950), eynshteyniy (1952), fermiy (1953) va Mendeleyeviyni (1955) ochgan. Keyingi yillarda ancha ogʻir elementlarni sintez qilishda ishtirok etgan.Nobel mukofoti laureati (1951; Edwin McMillan bilan qamkorlikda).[1][2]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


1901–1925
1926–1950
1951–1975
1976–2000
2001–yildan


OlimlarOlim haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Glenn_T._Seaborg&oldid=4947717" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp