Giroskop (giro... va ...skop) — aylanish oʻqi fazoda oʻz yoʻnalishini oʻzgartira oladigan tez aylanuvchi qattiq jism. Aylanish oʻqi fazoda erkin aylana olishi uchun giroskopni kardanli osmaga mahkamlab qoʻyish kerak (qarangKardanli mexanizm). Osma markaziga nisbatan giroskop istalgan yoʻnalishda burilishi, uning aylanish oʻqi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (qarangPresessiya) mumkin. Keyingi xususiyati navigatsiya asboblari — girokompas, girovertikal va b.ga asbob qilib olingan. Giroskopning har qanday holda ham fazoda oʻz oʻqi yoʻnalishini oʻzgarishsiz saqlay olishi xossasidan samolyot, raketa, dengiz kemalari, torpedolar va b. harakatini avtomatik tarzda saqlash uchun foydalaniladi (mas, avtopilot). Kemalarda matroslarning osma toʻrkrovatlari giroskop xossasiga asoslangan (kema qanchalik chayqalmasin matroslar bemalol uxlab ketishaveradi). Samolyotning kursdan ogʻganligini aniqlaydigan asbob yoʻnalish giroskopi, yaʼni giropolukompas deb ataladi. U avtopilotlarda qoʻllanadi[1].
Giroskop (qadimgi yunoncha:γῦρος — „halqa“,qadimgi yunoncha:σκοπός — „kuzataman“), debimpuls momenti prinsiplariga asosan moʻljal olish uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi[2]. Mexanik jihatdan, giroskop oʻqi erkin harakatlanuvchi aylanuvchi gʻildirak yoki diskdan iborat. Ushbu moʻljal oʻzgarmas boʻlmasa-da, u katta aylanish tezligi vainersiya momenti tufayli tashqikuch momenti taʼsiridan deyarli oʻzgarmaydi. Tashqi kuch momentini yanada kamaytirish uchun giroskopmuvozanat xalqasiga oʻrnatiladi, natijada unga oʻzi joylashgan platforma harakati taʼsir qilmaydi.