„Genshin Impact“ (xitoycha:原神 Yuanshen,yaponcha:原神 Gensin,soʻzma-soʻz: Dastlabki Xudo) — bu Xitoyning „miHoYo Limited“ kompaniyasi[1] tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter oʻyini elementlariga (RPG) ega ochiq dunyoli jangovar-sarguzashtlivideooʻyin. Oʻyin bepul oʻynash modelida raqamli uzatish orqali tarqatilgan, lekin oʻyin uning ichida haqiqiy valyutadan foydalanadigan doʻkonga ega. Genshin Impact oʻyinda „ibodat“ deb ataladigan „gacha oʻyin“ tizimiga asoslangan[2]. Genshin Impact oʻyin olamida „Archon“ deb nomlangan alohida xudo tomonidan boshqariladigan, har biri oʻziga xos unsur bilan bogʻlangan yetti xil xalq yashovchi Teyvat nomli fantaziya dunyosida boʻlib oʻtadi. Syujet Teyvatda ajralishdan oldin egizak akasi yoki singlisi (oʻyinchi oʻyin boshida kimni tanlashiga qarab) bilan son-sanoqsiz olamlarni kezib chiquvchi Sayohatchi (Traveller) ismli qahramon haqida. Sayohatchi hamrohi Paymon bilan birgalikda yoʻqolgan egizakini qidirish bilan birga Teyvat xalqlarining kunlik hayotida ishtirok etadi.
Genshin Impact 2019-yil iyun oyida eʼlon qilingan va 2020-yildaWindows hamdaiOS platformalari uchun chiqarilishi rejalashtirilgan. Birinchi treyler „The Legend of Zelda: Breath of the Wild“ kompyuter oʻyinidan ilhomlangan, atmosfera, ko‘rinish, boshqotirma va jumboqlarning katta qismini oʻz ichiga olgan katta olamni namoyish etgan. Iyun oyining oxirida beta-test versiyasi ishga tushirilgan[3][4].
Sony ChinaJoy 2019 taqdimotida o‘yinningPlayStation 4 da[5] chiqarilishi eʼlon qilindi.Nintendo Switch versiyasi keyinroq 2020-yil 13-yanvarda eʼlon qilindi[6]. Shuningdek, 28-aprelda[7]PlayStation 5 da chiqarilishi haqida xabar berildi.
6-avgust kuni „miHoYo“ oʻyinni 2020-yilning kuzida chiqarilishini rasman tasdiqladi[8].
Aviapark savdo markazidagi Genshin Impact koʻrgazmasi, Moskva (2022)
Genshin Impact oʻyinining ishga tushirilishi Xitoy oʻyinlari orasida eng ommaviyiga aylangan, ishga tushirilgandan bir necha soat oʻtgach,Twitch servisi translyatsiyasidagi tomoshabinlar soni 110 mingdan oshgan[9][10]. Sensor Tower maʼlumotlariga koʻra, oʻyinning mobil versiyalari bir hafta ichida 60 million dollarga yaqin daromad keltirgan[11]. Ikki haftadan kamroq vaqt ichida oʻyin oʻz ishlab chiqaruvchilariga 100 million dollardan koʻproq foyda keltirgan va oʻz samarasini bergan[12]. Birinchi oyda oʻyinning mobil versiyasining oʻzi yaratuvchilarga 245 million dollar daromad keltirgan[13]. Ikki oy ichida oʻyinning mobil versiyasi oʻz yaratuvchilari 393 million dollar daromad koʻrgan va shu davrdagi ikkinchi eng yuqori daromadli mobil oʻyinga aylangan[14].Genshin ImpactGoogle Play[15] vaApple[16] tomonidan „2020-yilning eng yaxshi oʻyini“ deb topildi. Shuningdek, oʻyin, The Game Awards 2020 da „Eng yaxshi RPG“ va „Eng yaxshi mobil oʻyin“ nominatsiyalariga nomzod boʻldi.
2021-yil 28-sentabrdaGoogle Play ilovalar doʻkonida oʻyin bahosi keskin tushib ketdi[17]. Bunga oʻyinda toʻplangan muammolar sabab boʻlgan va yubiley mukofotlari oʻyinchilar tomonidan oʻyin tarixidagi bunday muhim voqea uchun yetarli emas deb hisoblangan[18]. Keyinchalik „miHoYo Limited“ muxlislar uchun maxsus sovgʻalar tayyorlangani haqida bayonot chiqardi[19].