Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Garmon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Akkordionchi

Garmon, garmonika – damli (pnevmatik) tilchali musiqa cholgʻu asbobi.Bu cholg'u asbobi 2 ta yogʻoch qoplama, odatda, tugmasimon klavishlar, dam (havoni harakatga keltiruvchi moslama) hamda ichida oʻrnatilgan metall tilchalardan iborat. Havo bosimining oʻzgarishi natijasida tilchalar sadolanadi. Oʻng tomondagi klavishlar vositasida melodik, chap tomondagilari bilan joʻrnavoz tovush(akkord)lar hosil qilinadi. 1822-yilda nemis ustasiK. F. L. Bushman yasagan garmon keyingi turlari uchun asos boʻlgan. 19-asrning 30-yillarida garmon ishlab chiqarishRossiya (Tula)da boshlangan. Keyinchalik tatar, mari, kabardin kabi xalqlarda ham keng yoyilgan. Garmonning bir yoki ikki qatorli, diatonik va xromatik turlari mavjud. Oʻzbek xalq sozandalari, ayniqsa, Xorazm xalfalari 19-asrdan buyon garmondan foydalanib keladi.FargʻonadaOrif Garmon (Toshmatov) ham shu soʻz bilan mashhur boʻlgan. Garmonning takomillashtirilishi natijasida akkordeon va bayan cholgʻulari yuzaga kelgan[1].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


ValtornaMusiqa haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Garmon&oldid=5903504" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp