Galina Pugachenkova | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 7-fevral1915-yil |
Vafoti | 18-fevral2007-yil(2007-02-18) (92 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | ![]() ![]() |
Kasbi | arxeolog vasanʼatshunos |
Unvoni | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964) |
Turmush oʻrtogʻi | Mixail Yevgenyevich Masson |
Mukofotlari | ![]() ![]() ![]() ![]() |
Galina Anatolyevna Pugachenkova (1915-yil7-fevral –Verniy ,Olmaota –2007-yil18-fevral) – taniqliarxeolog vasanʼatshunosolim,Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiakademigi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), mashhur arxeologMixail Yevgenyevich Massonning rafiqasi. Pugachenkovaellinizm davridan totemuriylargacha boʻlgan sanʼat tarixini,koroplastizmdanmeʼmorchilikgacha,buddizmdanislomgacha boʻlgan sanʼat tarixini oʻrgangan[1].
Galina Anatolyevna1915-yil7-fevraldaVerniy shahrida tavallud topgan.
Galina1930-yilda maktabni tugatgan.1932-yildaToshkentga kelib, Oʻrta Osiyo sanoat institutining[2]arxitektura fakultetiga oʻqishga kirgan[3].1937-yilda institutni imtiyozlidiplom bilan tugatgan va shu institutning Oʻrta Osiyo arxitektura tarixi fakultetiningaspiranturasiga oʻqishga kirgan. Pugachenkova1938-yildan1941-yilgacha shu yerda tahsil olgan. 1941-yilda arxitektura fanlari nomzodiilmiy darajasini olish uchun „Navoiy davri arxitekturasi“ mavzusida nomzodlikdissertatsiyasini himoya qilgan[4].
1930-yillarda mashhur arxeolog M. E. Massonning shogirdlaridan biri boʻlgan va keyinchalik unga turmushga chiqqan. Shubhasiz, ilm-fanning buyuk tashkilotchisi, „Markaziy Osiyo arxeologiyasining patriarxi“ deb atalgan odam bilan hamkorlik qilish Galina Anatolyevnaning faoliyatiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Pugachenkova1942–1960-yillarda Oʻrta Osiyo universiteti (Toshkent Davlat Universiteti)tarix fakulteti arxeologiya kafedrasidadotsent va1962-yilprofessor boʻlgan.1958–1960-yillarda Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida kattailmiy xodim,1960–1984-yillarda sanʼat va meʼmorlik tarixi boʻlimi mudiri hamda1959–1984-yillarda Oʻzbekiston sanʼatshunoslikekspeditsiyasida boshliq va ilmiy rahbar boʻlgan. Galina1984–1987-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiTarix,tilshunoslik vaadabiyotshunoslik fanlari boʻlimi kotibi,1987-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix ilmiy tadqiqot institutida akademik maslahatchi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Pugachenkovaning ilmiy ishlariOʻrta Osiyo va unga yondoshOʻrta Sharq mamlakatlarining qadimiy, badiiy va moddiy yodgorliklarini oʻrganishga bagʻishlangan.
1986–1989-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar boʻlimi akademik kotibi lavozimida ishlagan.1988-yildaOʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori maslahatchisi,1994-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi Arxeologiya institutining Toshkent guruhida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan.
1983-yildan „Sovet Oʻzbekistoni“jurnali tahririyati aʼzosi boʻlgan.
2007-yil18-fevraldaToshkentda vafot etgan. U ToshkentdagiDoʻmbrabod qabristonida turmush oʻrtogʻi, taniqli arxeolog, akademikMixail Massonning yoniga dafn etilgan.
Pugachenkovaning ilmiy merosi nafaqat nashr etilgan asarlar, balki uning butun hayoti davomida toʻplagan arxividir. Unga ilmiy ishlarning qoʻlyozma va mashinkada yozilgan matnlari, dala kundaliklari, yozishmalar, eslatmalar, bibliografik koʻchirmalar, fotosuratlar, kino, chizmalar, rejalar va chizmalar kiradi. Bu hujjatlarning barchasiOʻrta Osiyodagimeʼmorchilik,arxeologiya,sanʼatshunoslik va yodgorliklarni taʼmirlash bilan bogʻliq. Arxivning ahamiyati shundan iboratki, unga kiritilgan hujjatlar bibliografik jihatdan nodir boʻlib, koʻrgazmali materiallar sifati Pugachenkovaning nashr etilgan asarlariga qaraganda yuqoriroq baholanadi[5].
Arxiv jami 342 tailmiyhujjatlar va 3 ta shaxsiy xat jildlaridan iborat. Uni raqamlashtirish boʻyicha ishlar2018-yildekabr oyida boshlangan. DoktorSvetlana Gorshenina va sanʼatshunoslik fanlari nomzodiBoris Chuxovich dastlab hujjatlarni changdan tozalab, soʻngra arxivni raqamlashtirish, tizimlashtirish, tavsiflash va maxsus yaratilgan veb-saytda nashr etishni boshlaganlar[6].
FransiyadagiStrasburg universitetining faxriy doktori (1976),Bokudagi Sharq mamlakatlari xalqaro meʼmorlik akademiyasi faxriy akademik (1999) boʻlgan. Hamza (1966) va Beruniy (1992)[7] nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlarilaureati.1995-yilda"Doʻstlik"[8] va2002-yilda"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni[9] bilan mukofotlangan[10].
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |