Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Gaaga

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.(2025-02)

GaagaNiderlandiyadagishahar, Shimoliy dengiz sohilidagi port (Sxeveningin avanporti). Qirol saroyi vahukumat qarorgohi. Janubiy Gollandiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi - 444 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 685 ming kishi).Kanallar, avtomobil va temir yoʻl tarmoqlari orqali Reynning quyi okimidagiRotterdam porti bilan, rasmiy poytaxtAmsterdam va mamlakatning boshqa shaharlari bilan bogʻlangan. Gaaga— asosan maʼmuriy va siyosiy markazdir. Shahar dastlab 11-asrga oid tarixiy manbalarda tilga olingan. Gaaga 16-asr oxiridan General shtatlarning majlis oʻtkazadigan joyi va 17-asr boshidan hukumat qarorgohi. Gaagada BMTning Xalqaro sudi, Xalqaro hakam (betaraf vakil)lar sudining Doimiy palatasi, Xalqaro huquqiy hujjatlar byurosi va b. joylashgan. Gaagada muhim tarixiy hujjatlar qabul qilgan bir qancha xalqaro konferensiyalar boʻlib oʻtgan (qarang:Gaaga konvensiyalari). Transport yoʻllari tuguni. Gaagada radio va teleapparatura, elektron asboblar va telegraf apparaturasi ishlab chiqariladigan yirik sanoat korxonalari, shahar chetida aviatsiya zavodlari, kemasozlik, choʻyan quyish korxonalari bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari koʻp. Yogʻoch, oyna kabi materiallardan badiiy buyumlar tayyorlanadi.

Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan Ridderzal (13-asr), Tribunal (13-asr) va b. saqlangan. Gaagada Qirollik nafis sanʼat akademiyasi, Mauritsxeys (Qirollik rasmlar galereyasi) Munitsipal muzeyi, pochta, kiyimlar, xalqaro matbuot muzeylari, statistika instituti bor.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gaaga&oldid=5504716" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp