Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Gʻ (harf)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
G‘

oʻzbek tililotin alifbosining 26-harfi.

Yozilishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tilida „gʻ“ (kirill yozuvida„ғ“) va „oʻ“ (kirill yozuvida„ў“) harflarini yozishda yoki yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul (inglizcha:modifier letter turned comma) (ʻ) (U+02BB), yoki chap yakka tirnoq (inglizcha:left single quotation mark) () (U+2018) qoʻllanadi. Qaysi belgi ishlatilishi kerakligi rasman belgilanmagan. Shunday boʻlsa-da, Unicode Consortium saytida oʻzbekcha „oʻ“ va „gʻ” harflarini yozish uchun yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul ishlatilishi kerak, deyilgan.[1] Undan tashqari U+2018 va U+2019 belgilarini ichki qoʻshtirnoq sifatida foydalanish zarurdir. Baʼzi dasturiy taʼminotlarda ushbu belgi qoʻshtirnoq sifatida ishlatilishi sababli soʻzlarni ajratishi mumkin, shuning uchun toʻgʻri belgi sifatida U+02BB dan foydalanish toʻgʻriroqdir.

Unicode kodiInglizcha nomiOʻzbekcha nomiMisol
U+02BBmodifier letter turned commayozuvni oʻzgartuvchi teskari vergulGʻalaba
U+2018left single quotation markchap yakka tirnoqG‘alaba

Oʻzbekcha Vikipediya va boshqa baʼzi bir saytlarda aynan shu belgi ishlatiladi.[2] Aksar davlat saytlari boʻlsa chap yakka tirnoqni ishlatishadi.[3] Asosiysi, ishlatilgan belgi chiziqdan yuqorida yozilgan, teshigi boʻyalgan 6 raqamiga oʻxshashi kerak (). Koʻpshriftlarda bu 180 gradusga aylantirilganvergulga oʻxshaydi.

Oʻzbek tilida yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul/chap yakka tirnoqtutuq belgisi oʻrnida ishlatilmasligi kerak: tutuq belgisi kirill yozuvidagi ayirish belgisi („ъ“) oʻrnida qoʻllanadi.

Muammolar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Oʻzbek lotin yozuvida ʻ belgisini ishlatish koʻp qiyinchiliklar tugʻdiradi. Birinchidan, yuqorida aytib oʻtilganidek, yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul yoki chap yakka tirnoq ishlatish kerakligi haqida rasmiy qoida yoʻq. Ikkinchidan,komputerlarda yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul uchun alohida klavisha yoʻq. Yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul bilan yana bir muammo hozirda baʼzi mobil mosalamalar mazkur belgini koʻrsatib bera olmaydi. Chap yakka tirnoqni boʻlsa deyarli barcha mobil moslama koʻrsata oladi.

Misollar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Misol soʻzlar:gʻalati,oʻzbek; ammomaʼno,aʼlo.

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „The Unicode Consortium website“. Qaraldi: 3-mart.
  2. „OʻzLib saytining bosh sahifasi“. 2015-yil 20-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 7-dekabr, 2012.
  3. „Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali“. Qaraldi: 6-dekabr, 2012.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Oʻzbek lotin alifbosi

Aa |Bb |Dd |Ee |Ff |Gg |Hh |Ii |Jj |Kk |Ll |Mm |Nn |Oo |Pp |Qq |Rr |Ss |Tt |Uu |Vv |Xx |Yy |Zz | | |Sh |Ch |Ng |ʼ (tutuq belgisi)

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gʻ_(harf)&oldid=5487546" dan olindi
Turkum::

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp