Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Fromm Erix

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Erich Fromm (1974)

FROMM (Fromm) Erix (1900.23.3, FrankfurtMayn — 1980.18.3, Muralto,Shveysariya) — nemisamerikalik psixolog, sotsiolog, neofreydizm asoschisi. 1929—32 yillarda Frankfurt-Mayndagi Ijgimoiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1933-yil AQShga muhojir boʻlib ketgan, hayotining soʻshti oʻn yilida Shveysariyada yashagan. Falsafa, psixologiya,antropologiya, din sotsiologiyasi rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Oʻz taʼlimotini "gumanistik psixoanaliz" deb atagan. Freyd biologizmidan chekinib, shaxs shakllanishida psixologik va ijtimoiy omillarning oʻzaro aloqalarini ochib berishga intilgan. Gumanizm nuktai nazaridan psixoanalitik ijtimoiy sogʻlomlashtirish usullari yordamida, xususan, AQSH da, har tomonlama uygʻun boʻlgan, "sogʻlom jamiyat"ni vujudga keltirishni taklif etgan. Asosiy asarlari: "Erkinlikdan qochish" (1941), "Psixoanaliz va din" (1950), "Unutilgan til" (1951), "Sevish sanʼati" (1956), "Inson qalbi" (1964), "Inson vayronkorligining anatomiyasi" (1973), "Ega boʻlmoq yoki bor boʻlmoq" (1976).



Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Fromm_Erix&oldid=4952617" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp