Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Farang tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Fransuz tilidan yoʻnaltirildi)
Farang tili
Milliy nomifrançais
MamlakatlarFarangiston,Farangistonning dengizorti qaram yerlari,Kanada,Belgiya,Shveysariya,Livan,Lyuksemburg,Monako,Jazoir,Tunis;Kot-d'Ivuar,Kongo demokratik respublikasi,Niger,Senegal;Gaiti,Mavrikiy;Laos,Kambodja,Vyetnam;Meksika;AQShning shtatiLuiziana
Rasmiylik holati29ta mamlakat, ular ichidaFarangiston,Belgiya,Kanada,Shveysariya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni270 million
Turkumlanishi
Til oilasiHind-Yevropa
Alifbosilotin
Til kodlari
ISO 639-1fr
ISO 639-2fre (B); fra (T)
ISO 639-3fra

Farang tili yokiFransuz tilihindevropa tillari oilasiningroman guruhiga mansub til;Farangiston, Farangiston Gvianasi,Gaiti,Monako,Benin,BurkinaFaso,Gabon,Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali,Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Qirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg, Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri.Italiya va AQShning belgili hududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Farangistonning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari).BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Asosiy lahjalari: frans (hozirgi Farang tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va boshqalar), gʻarbiy (anjuy, gallo va boshqalar), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharqiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.

Farang tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Farang tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-asrlar), eski farang (9—13-asrlar), oʻrta farang (14—15-asrlar), ilk yangi farang (16-asr), yangi farangklassik (17—18-asrlar) va hozirgi farang (19-asrdan). Oʻrta asrlarda umumfarang yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539-yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asrlarga mansub.

Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urg`uning, asosan, soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urg`u ta`sirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Farang tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). So`zlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir qancha fammatik ma`nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qo`llanadi. Fe`l sohasida 4-mayl, 3 nisbat va keng tarmoqli zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan saqlanib qolgan so`zlardan tashqari franklar tilidan saqlanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Farang tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o`zlashgan.

Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilganlotin alifbosi asosida shakllangan. Farang tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega.[1]

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

Farang tili (français) asosanFarangiston,Belgiya,Luksemburg vaShveysariyada kelib chiqqan, bugungi kunda esa dunyoning 54 mamlakatidagi 300 million odam[2] uchunona tili yoki ikkinchi til bo`lmishroman tildir.

Fransuz vaniderland tili,Brussel shahri

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. "Farang tili"OʻzME.F-harfi (Wayback Machine saytida 2022-10-05 sanasidaarxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. "Les francophones dans le monde"

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Balli Sh., Obshaya lingvistika i voprosi fransuzskogo yazika, per. s frans., M., 1955; Balli Sh., Fransuzskaya stilistika, per. s frans., M., 1961; Referovskaya Ye. A., Formirovaniye romanskix literaturnix yazikov. Fransuzskiy yazik, L., 1980; Gak V.G., Teoreticheskaya grammatika fransuzskogo yazika, ch. I—II, M., 1986.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Farang_tili&oldid=5731737" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp