2011-yilda Grenoble klubi safida oʻzining professional debyutini oʻtkazdi va keyinchalik „Bastia“ jamoasi safiga oʻtdi, u yerda oʻzining birinchi mavsumida Liga 2 chempionligini qoʻlga kiritdi. Bir yildan soʻng yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi. Keyinchalik 15 million yevro evaziga „Marseille“ klubi safiga koʻchib oʻtdi. 281 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.Premier liganingNewcastle United klubida ikki mavsumda 86 gol urdi.
Thauvin2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Fransiya terma jamoasi safida 30 oʻyin oʻtkazdi va 14 ta gol urdi. 2017-yil iyun oyida, oʻzining katta debyutini oʻtkazdi va2018-yilgi FIFA Jahon kubogida terma jamoa safida maydonda harakat qildi va turnirda goʻlib boʻldi.
Orleans shahrida tugʻilgan Thauvin Ingre, Saint-Jean-de-la-Ruelle, Orleans va Grenoble shaharlari yoshlar jamoalarida oʻynagan va undan keyin ikkinchi darajaga koʻtarilgan va yirik klublarning qiziqishini uygʻotgan[5]. 2011-yil 11-mart kuni „Vannes“ klubiga qarshi Liga 2 uchrashuvida (1:1) „Grenoble“ jamoasidagi ilk debyutini oʻtkazdi[6][7].
2011-yil 19-iyulda, Thauvin klubni tark etdi va Corsicaning shahrining „Bastia“ jamoasi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[7]. 2012-yil 28-oktabrda „Bordeaux“ jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda jamoasi safidagi ilk golini kiritdi[8]. 2012-yilda jamoasi bilan Liga 2 chempionligini qoʻlga kiritdi[9].
2013-yilning 29-yanvaridaLiga 1 ningLille klubi bilan 3,5 million yevro evaziga toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[9]. Shartnomaning bir qismi sifatida u darhol Bastiaga olti oylik ijara shartnomasi asosida qaytarildi[10]. Oʻsha mavsumdagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng, ThauvinLiga 1da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi[11].
2013-yil 3-sentabrda, bir necha hafta davom etgan muzokaralardan soʻng, Thauvin „Olympique de Marseille“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 20 yoshli futbolchi shartnomani yaxshilash boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli mashgʻulotlarda qatnashmadi[5][12].
2015-yil 4-yanvar kuni Thauvin Fransiya kubogi 1/8 finalida, „Grenoble“ klubi bilan kechgan bahsdapenaltilar seriyasini noaniq amalga oshirishi tufayli uning jamoasi musobaqani erta tark etdi[13]. Ikki mavsum davomida 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[9].
Thauvin 2015-yilda „Newcastle“ klubi safida toʻp surgan
2015-yil 19-avgustda, ThauvinNewcastle United klubi safiga 15 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma asosida borib qoʻshildi[9][14]. Uch kundan soʻng oʻzining debyutiniOld Trafford stationida,Manchester United jamoasiga qarshi oʻtkazdi[15]. 25-avgust kuni Liga kubogining 2-bosqichida „Northampton Town“ jamoasiga qarshi oʻyinda (4:1) 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi[16].
Thauvin „Newcastle“ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurariAlan Shearer tomonidan oʻyinga smoking kiyib kelgani uchun tanqid qilindi. 2016-yil fevral oyidaL'Équipe nashriga tanqidlar adolatsiz ekanligini va uning faoliyatiga taʼsir qilganini aytdi[17].
2016-yilning 31-yanvarida, Newcastle Thauvin mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Marseille“ga qaytishini eʼlon qildi[18][19]. 20-aprel kuni, birinchi golini „Sochaux-Montbeilard“ klubiga qarshi Fransiya kubogi yarim final oʻyinida kiritdi. Finalda esaLe Classique raqibiParis Saint-Germain jamoasiga qarshi oʻyinda uning jamoasi 4:2 hisobida magʻlub boʻldi[20].
2016-yilning 4-avgustida, Thauvin „Marseille“ bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi[21]. 2016-yilning noyabrida, ijara muddati 2017-yilning yozida doimiy boʻlishi, uning mavsumda atigi uchta oʻyinda maydonga tushganligi sababli uning transfer narxi 9,8 million funt sterling deb belgilandi[22].
Thauvin (koʻk libosda) 2017-yil sentabr oyida Salzburgga qarshi oʻyinda
Thauvin ilk marta 2016-2017-yilgi mavsumda Fransiya kubogi 64-raundida „Toulouse“ klubiga qarshi safar oʻyinida jamoasi bilan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan edi. 10-mart kuni „Angers“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) ikkita gol urdi va Liga 1ning soʻnggi toʻrtta oʻyinida urgan gollari sonini toʻrttaga yetkazdi[23]. Uchta gol va ikkita golli uzatma bilan UNFP nashri tomonidan mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi[24]. 30-aprel kuni oʻzining faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. „Caen“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda (1:5)Maxime Lopezning bir goliga assistentlik qildi[25][26].
2018-yilning 2-fevralida Thauvin „Metz“ jamoasiga qarshi oʻyinda (6:3) yana bir xet-trik qayd etdi[27]. Noyabr va fevral oylarida oyning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[28][29]. 2017-2018-yilgi mavsumni 22 ta gol bilan yakunladi[30]. Mavsumning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun toʻrtta nomzodlar qatoriga kirdi, yakunda esa gʻoliblikNeymarga nasib etdi[30].
2018-2019-yillarda Thauvin 33 oʻyinda 16 ta gol urdi, biroq uning jamaosi yakunda beshinchi oʻrinni egallab, UEFA Chempionlar Ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi[31]. 25-noyabr kuni „Amiens“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:1) xet-trik qayd etdi[32]. Ikki oydan soʻngLille klubiga qarshi magʻlub boʻlgan oʻyinda (1:2) qizil kartochka oldi[33]. 2019-yil sentabr oyida oyoq bilagi ligamentlari jarohati tufayli safdan chiqdi[34][35]. 2020-yil 13-sentabrda Thauvin „Paris Saint-Germain“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda gʻalaba golini kiritdi va bu uning jamoasiga 2011-yil noyabridan beriLe Klassikdagi ilk gʻalabasini taqdim etdi[36].
2021-yil 7-may kuni, Thauvin Meksikaning „Tigres UANL“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil iyun oyida „Marseillle“ bilan shartnomasini tugatganidan soʻng, klubga qoʻshildi va sobiq jamoadoshi Andre-Pierre Gignac bilan birga maydonda harakat qildi[4].2020-yilgi Tokio Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etganidan soʻng, Tigresdagi debyutini 2021-yil 7-avgust kuni „Santos Lagun“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi[37].
Thauvin Fransiya U18, U19, U20, U21 yoshlar futbol jamoasida doimiy harakat qilgan[38]. Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida mamlakati bilan ishtirok etgan. Musobaqaning chorak final bosqichida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda gol kiritgan[39].
Thauvin 2017-yilning 25-martida JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Lyuksemburg vaIspaniya bilan oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi martaFransiya terma jamoasi tarkibiga chaqirildi. Ikkala oʻyinda ham maydonga tushmadi[40]. 2017-yilning 2-iyunidaLes Bleus safida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (5:0) debyut qildi va 80-daqiqadaAntoine Griezmanning oʻrniga maydonga tushdi[41].
2019-yil 11-iyun kuni, UEFA Yevro 2020 saralash bosqichida Andorra ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, oʻzining debyut golini kiritdi[44][45].
Thauvin Fransiya olimpiya terma jamoasining 2020-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtadigan turnirida qatnashadigan uchta katta yoshli oʻyinchilardan biri edi. Yana bir oʻyinchi uning „Tigres“dagi jamoadoshi Andre-Pierre Gignac edi[46].
2014-yilning yanvarida ThauvinThe Observer nashri tomonidan Yevropaning eng istiqbolli yosh oʻyinchilari oʻntaligiga kiritildi. „Toulouse“ klubining sobiq bosh murabbiyi Alain Casanova uni„Franck Riberynikiga oʻxshash oʻyin uslubiga ega, maydonda har qanday raqibga muammo boʻla oladigan, tezkor, kuchli oʻyinchi“, deb taʼrifladi[47][48].