Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Filipp II

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Filipp II (Philippos), (miloddan avvalgitaxminan 382 – 336), Sharqda Faylaqus – Makedoniya podshosi (miloddan avvalgi 359 -yildan). Aleksandrning otasi 359-yildaMakedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. Makedoniyaning mavqeini koʻtarish, uning siyosiy, iqtisodiy, ayniqsa, harbiy rolini kuchaytirish maqsadida bir qancha harbiy islohotlarni amalga oshiradi. Muntazam qoʻshin va kuchli harbiy dengiz floti hamda Makedoniya falangasini tashkil qiladi, yagona pul birligini joriy etadi, oltin tangalar zarb qildiradi. 359—336 yillar davomidaPeoniya,Fessaliya,Illiriya (bir qismi) kabi qoʻshni davlatlar, soʻngra esaXalkidika va boshqaEgey dengizi boʻyi mamlakatlarini zabt etadi. Makedoniya tobeligigaEpir,Frakiya va boshqa tushib qoladi. 338-yil Filipp IIXeroneya yaqinidayunonlarning birlashgan harbiy kuchlarini tormor etadi. Natijada, Yunoniston Makedoniyaning yakka hokimligini tan oladi. Shundan soʻng Filipp II fors hududlariga yurish qilishni rejalashtiradi. Biroq saroy fitnasi natijasida oʻldiriladi. Ushbu suiqasdda Filipp II ning xotini, yaʼni Aleksandrning onasi Olimpiadaning ham qoʻli borligi xususida mishmishlar tarqaladi. Aleksandr suiqasd ishtirokchilarini qidirib topadi va ularni jazolaydi. Filipp II ulimidan keyin 20 yoshliAleksandr Makedoniya taxtiga utiradi.

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Plutarx, Izbrannie jizneopisaniya, t. 2, M., 1990.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Filipp_II&oldid=4265732" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp