Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Fidiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fidiy (Pheidias, miloddan avvalgi 5-asr) — yunon meʼmori va haykaltaroshi; qad. yunon sanʼatining yirik namoyandasi. Afina, Olimpiya va boshqalarda ishlagan. Afinadagi Akropol kurilishiga boshchilik qilgan. F.ning haykaltaroshlik asarlaridan antik mualliflar asarlarida tilga olingan va kuchirilgan nusxalaridan maʼlum va mashhurlari: Afina Promatos (jez; taxminan miloddan avvalgi 460); oltin va fil suyagidan ishlanganZevs (Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasida; yetti muʼjizattg biri deb eʼtirof etilgan) hamda Afina Parfenos (AfinadagiParfenon ibodatxonasida) va boshqa haykallar.

F. ijodi haqida uning rahbarligida va bevosita ishtirokida ishlangan Afinadagi Parfenon haykallari (marmar, miloddan avvalgi 438—432;Britaniya muzeyi, London; Luvr, Parij; Akropol muzeyi, Afina) chuqur insoniylik bilan yoʻgʻrilgan hamda sanʼatlar sintezining yuksak namunasidir.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Fidiy&oldid=4174562" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp