Feodalizm (lotincha:feōdum,frank.*fëhu-ôd) – jamiyatning tabaqaviy-sinfiy (agrar turdagi, sanoatlashtirishdan oldingi) tuzilishi[1]. Unda asosiy iqtisodiy resurs yer hisoblanib, u feodallarning mulki boʻlgan.
Ijtimoiy-tarixiy nuqtai nazardan „feodalizm“ faqat bir maʼnoda qoʻllanilmay, ushbu atama faqatmaʼrifatchilik davrida milodiy V asrda soʻnggi Rim imperiyasida shakllangan va keyingi davrlarda hukmronligini davom ettirgan ijtimoiy munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun foydalana boshlangan.Gʻarbiy Yevropadagi feodalizmning ajralib turadigan jihatlari siyosiy markazlashuvning sustligi, dunyoviy va diniy hokimiyatlarning ikki tomonlamaligi, Yevropa shaharlarininghunarmandchilik va savdo markazi sifatidagi oʻziga xosligi, keng ijtimoiy tuzilmalarning, ommaviy va xususiy huquqning ilk rivojlanishi edi. Keyinchalik, oʻrta asrlarda ushbu tuzum Yevropada toburjua inqiloblari yuz bergunga qadar amalda boʻldi. Bu inqiloblar natijasida feodal tuzum oʻrninikapitalistik tuzum egalladi.