Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Fagositoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fagotsitoz (qadimgi yunoncha:φαγεῖν (phagos) – yeyish, oziqlanish vaκύτος (cytos) –hujayra) –bir hujayraliorganizmlar yoki koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari tomonidan begona mikroskopik tirik organizmlar (bakteriyalar, hujayra parchalari), qattiq zarrachalarning faol qamrab olinishi va yutilishi (pinotsitoz bilan solishtiring). Zarrachalarni qamrab olib hazm qilish xususiyati tuban organizmlar oziqlanishining asosini tashkil etadi. Bu xususiyat evolyutsiya davomida biriktiruvchi toʻqimaning muhofaza funksiyasini bajaradigan ixtisoslashgan hujayralar – fagotsitlarga oʻtgan. Fagositoz hodisasini dastlabI. I. Mechnikov aniqlagan (1882). Ayrimhayvonlar ootsitlari, yoʻldosh hujayralari, tana boʻshligʻi devorini qoplab turadigan hujayralar va koʻz epiteliysi pigmenta ham faol fagotsitoz qilish xususiyatiga ega. Fagotsitoz ketma-ket keladigan bir necha jarayonlar: fagotsitoz qilinayotgan obʼyektga yaqinlashuv, obʼyektning fagotsit hujayra sirtiga oʻrnashib olishi, yutilishi va hazm qilinishidan iborat. Fagositozdahujayra membranasi yot zarrachalarni oʻrab oladi vasitoplazma ichiga soʻrib olib, fagosomalar hosil qiladi.Lizosomadan fagosomaga gidrolitik fermentlar kelib quyiladi, yutilgan obʼyektni hazm qiladi. Hazm qilinmagan oziq qoldigʻi uzoq vaqt hujayra ichida qolishi mumkin. Fagositoz, asosan, yalligʻlanish jarayonlarida, jarohatning bitib ketishida nospetsifik immunitet sifatida muhim ahamiyatga ega. Baʼzan „fagositoz“ va „pinositoz“ terminlari endotsitoz nomi bilan yagona tushunchaga birlashtiriladi

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Fagositoz&oldid=5403555" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp