Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Etologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Etologiya (yun. — urf-odat, xulq-atvor, xattiharakat va ... logiya) — biologiya ning bir boʻlimi.Hayvonlar xattiharakatini tabiiy yashash sharoitida oʻrganadi. "E." terminini belgiyalik olim L.Dollo taklif etgan (1904); lekin E. mustaqil fan sifatida 20-asrning 30-yillarida shakllana boshladi. E.da: xattiharakatning irsiylanadigan shakli — ishrtsiz reflekslar, yaʼni instinktlgrii, hayvonlarni oʻrganish qonuniyatlari, hayvonlarning ekstrapolyatsion xattiharakatini oʻrganish kabi yoʻnalishlar mavjud.

Tuban tuzilgan hayvonlarda tugʻma xulq-atvor ustunlik qiladi. Yuksak tuzilgan hayvonlarning etologik reaksiyalari irsiylanadigan hamda yashash muhiti taʼsirida hayot davomida hosil boʻladigan xulq-atvorlar ishtirokida shakllanadi. E. dalillaridan chorvachilikning ayrim sohalari, baliqchilik xoʻjaligi, tibbiyot,kibernetika va boshqalarda foydalaniladi. E. sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini hal etishda muhim ax.amiyatga ega.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Etologiya&oldid=5304297" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp