Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Eshak

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Eshakotlarurugʻiningtoq tuyoqlisut emizuvchilar kenja urugʻiga mansub hayvon. 5–6 ming yil avval dastlab qadimiyMisrda xonakilashtirilgan. Jahon boʻyicha boqiladigan eshaklar soni 43,4 mln. boshni tashkil etadi. Misr,Efiopiya,Nigeriya,Braziliya,Eron,Pokiston,Ispaniya va boshqalar mamlakatlarda koʻp boqiladi.Somali, Efiopiyada tarqalgan, boʻyi 100–120 sm li Afrika yovvoyi eshaklar xonaki eshaklarning urugʻboshi hisoblanadi. Xonaki eshaklar 2zot guruhini tashkil qiladi: Afrika va Osiyo (jumladan,Qozogʻiston,Oʻrta Osiyo,Kavkaz)da tarqalgan mayda jaydari hamdaXitoy (Shandun provinsiyasi)da tarqalgan yirik eshaklar – zotdor eshaklari (boʻyi otlar kabi 145–160 sm). Bulardan, asosan,Yevropaning janubidagi vaAmerika mamlakatlarida yirik xachirlar olish uchun foydalaniladi. Eshaklarqulogʻi uzunligi,tuyogʻi torligi,dumi ingichka, kalta va faqat uchida uzun juni borligi bilan otlardan farq qiladi.Jaydari zot eshaklar tuzilishi pishiq, boʻyi oʻrtacha 100 sm atrofida, tanasi ingichkaroq, boshi katta, quloqlari uzun, boʻyin toʻgʻri, kalta, tik oʻsib chiqqan kalta yoli bor, beli toʻgʻri, koʻkragi tor, sagʻrisi qisqa, tusi kulrang, ovqat va joy tanlamaydi, ishga chidamli, yuqumli kasalliklarga chalinmaydi. Togʻli rayonlardagi yurish qiyin boʻlgan joylarda, choʻlyaylovlarda minish va yuk tashish uchun foydalaniladi. Eshaklar 70–80 kg, aravaga qoʻshilganda 2,5 t gacha yuk tashiydi. Jaydari eshaklar har xil oʻtoʻlanlar, xashak, arpa zotlari esa pichan, kuchli va sersuv ozuqalardan iborat toʻla ratsion bilan boqiladi. 18–30 yil yashaydi, xoʻtiklar 2 yoshidan boshlab qochiriladi, boʻgʻozlik davri oʻrtacha 380 kun, 2 yoshidan xoʻjalik ishlarida foydalanish mumkin.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Lakoza I.M., Shchekin V.A., Verblyudovodstva i osnovm oslovodstvo i muloproizvodstva, M., 1964.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiiqtibosdaEshakga tegishli iqtiboslar mavjud.
Stub ikonaHayvon haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Eshak&oldid=5328002" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp