Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Erotik nuqtalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Inson tanasidagi bir qancha erotik nuqtalar

Insondagierotik nuqtalar (shuningdek,erogon zonalar deb ham ataladi)tananing sezgirligi yuqori boʻlgan qismlari boʻlib, ularningstimulatsiyasi ehtirosli rohatlanish (jargondaseksual kayf),jinsiy fantaziyalar,jinsiy qoʻzgʻalish vaorgazm kabi seksual reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Erotik zonalar tananing barcha qismida mavjud boʻlib, har birining sezgirligi turlichadir. Bu esa stimulatsiyadagi davomlihis-tuygʻularni taʼminlashga xizmat qiluvchiasab tugunlarining konsentratsiyasiga bogʻliq. Kishining erogen zonasiga teginishjismoniy yaqinlik harakati sifatida qabul qilinadi. Biror kishi oʻzining erotik nuqtalariga tegishlarini yoqimli yoki nomaqbul deb bilishi bir qator omillarga, jumladan, qoʻzgʻalish darajasiga, mavjud sharoitlarga, madaniy kontekstga, jinsiy sheriklar va ular oʻrtasidagi munosabatlar tarixi va tabiatiga bogʻliq.

Erotik zonalar ular keltirib chiqaradigan jinsiy reaksiyalarga koʻra tasniflanishi mumkin. Koʻp odamlar koʻz qovoqlari, qoshlari, chakkalari, yelkalari, qoʻllari, barmoqlari va sochlariga nozik tarzda teginilganda, ulardagi jinsiy reaksiya asta-sekinlik bilan qoʻzgʻaladi. Bu kabi nuqtalarga yumshoq teginish yoki silash,jinsiy aloqaning boshlanish paytida sherikni ehtiroslantiradi va qoʻzgʻalish darajasini oshiradi. Shuningdek, qorin boʻshligʻini yumshoq massaj qilish, silash, oʻpish yoki oddiygina kindikga teginish stimulyatsiya turlari, deya tavsiflanadi.

Tasniflanishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Maxsus nuqtalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Maxsus nuqtalar jinsiy reaksiya bilan bogʻliq boʻlib, jinsiy aʼzolarining tegishli qismlarini, xususan ikki koʻkrak uchlarini,jinsiy olatning boshi, toji yokiklitor vavulvaning yondosh qismi vaperianal terini oʻz ichiga oladi. Bu nuqtalar innervatsiyaning yuqori zichligiga ega boʻlib, yaralarni davolash samaradorligi va umumiymiya stimulatsiyasini qoniqtirish kuchiga egadir[1].

Nomaxsus nuqtalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Ushbu nuqtalardagi tuklar tanadagi teri tuklariga oʻxshab ketadi. Ulardaginervlar va tuklar yuqori zichlikka egadir. Bu nuqtalargaboʻyinning yon va orqa qismlari, qoʻllarning ichki sohasi, qoʻltiq osti va koʻkrak qafasining yon tomonlari kiradi.

Jinsiy organlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Erkaklarda

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Erkaklarjinsiy olatining ogʻiz va ustki qisi, yon tomonlari, moyakning old tarafi, moyak va anal teshigi orasidagi teri va anus atrofidagi nuqtalar stimulyatsiya bilan qoʻzgʻatilishi mumkin[2].

Ayollarda

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Vulva va uning atrofidagi joylar, ayniqsaklitor erogen zonalarning asosiy nuqlaridir[3][4][5].Qin (vagina) bir butun sifatida yuqori sezgirlikka ega boʻlmasa-da, uning pastki uchidagi qismida (kirish joyiga yaqin joyda) asab tugunlari konsentratsiyasi mavjud boʻlib, jinsiy aloqa davomida stimulatsiya qilinsa, yoqimli his-tuygʻularni taʼminlaydi. Ushbu nuqta qinning uchdan qolgan ikki qismiga qaraganda sezgirroqdir[4][5][6][7].

Son va tizza qismi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Sonlar teginishga sezgir boʻlib, son va tizzaning orqa tarafida haddan ortiq sezgirlik rivojlangan boʻlishi va bu kabi yuqori sezgirlikka ega odamlarda qitiqlashga nisbatan oʻtkirreaksiya koʻzga tashlanishi mumkin.

Oyoq va unga tutash joylarda

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Kishining tovon va barmoqlarining nerv uchlarikonsentratsiyasi sababli hamda miyaning oyoqlarga teginish hissiga hamdajinsiy aʼzolar hissiyotlariga javob beruvchi sohasi oʻrtasidagi yaqinlik tufayliseksual sezgilar hosil boʻlishi mumkin. Oyoqlarni yalash va/yoki barmoqlarni soʻrish baʼzi odamlar uchun yoqimli boʻlishi tabiiy holatdir. Shunga oʻxshash harakatlar, masalan,oyoq taginimassaj qilish hamerotik stimulyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Baʼzi odamlar oyoq qismida, ayniqsa oyogʻining tagi va tovonida sezgirlik yuqori boʻladi.

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Schober, Justine; Weil, Zachary; Pfaff, Donald (2011). "How generalized CNS arousal strengthens sexual arousal (and vice versa)". Hormones and Behavior 59 (5): 689–695. doi:10.1016/j.yhbeh.2010.10.005. ISSN 0018-506X. OCLC 728020042. PMID 20950622. https://linkinghub.elsevier.com/retrieve/pii/S0018506X10002588. 
  2. Schober, Justine M.; Meyer-Bahlburg, Heino F.L.; Dolezal, Curtis (2009). "Self-ratings of genital anatomy, sexual sensitivity and function in men using the 'Self-Assessment of Genital Anatomy and Sexual Function, Male' questionnaire". BJU Int 103 (8): 1096–103. doi:10.1111/j.1464-410X.2008.08166.x. ISSN 1464-4096. OCLC 5151511138. PMID 19245445. https://bjui-journals.onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1111/j.1464-410X.2008.08166.x. 
  3. "Anatomy of the clitoris". The Journal of Urology 174 (4 Pt 1): 1189–95. October 2005. doi:10.1097/01.ju.0000173639.38898.cd. PMID 16145367. 
  4. 4,04,1Wayne Weiten. Psychology Applied to Modern Life: Adjustment in the 21st Century. Cengage Learning, 2011 — 386-bet.ISBN 978-1-111-18663-0. Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar. 
  5. 5,05,1Marshall Cavendish Corporation. Sex and Society, Volume 2. Marshall Cavendish Corporation, 2009 — 590-bet.ISBN 978-0761479079. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust. 
  6. Exploring the Dimensions of Human Sexuality. Jones & Bartlett Learning, 2014 — 102–104-bet.ISBN 978-1449648510. Qaraldi: 2014-yil 30-oktyabr. 
  7. Human Sexuality: An Encyclopedia. Routledge, 2014 — 229–231-bet.ISBN 978-1135825096. Qaraldi: 2014-yil 30-oktyabr. 

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Wikimedia CommonsdaErotik nuqtalar mavzusiga oid fayllar bor.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Erotik_nuqtalar&oldid=3810282" dan olindi
Turkumlar::

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp