Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Eroniy tillar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Eroniy tillarHind-Yevropa tillarioilasininghind-eron tarmogʻiga mansub tillar guruhi. Asosan,Eron,Afgʻoniston,Tojikiston, shuningdek,O'zbekiston,Turkiya,Iroq,Suriya,Pokiston vaHindistonning baʼzi hududlarida,Rossiya FederatsiyasiningShimoliy Osetiya—Alaniya Respublikasida,GruziyaningJanubiy Osetiya muxtor viloyatida,Kavkaz vaOʻrta Osiyoning boshqa ayrim yerlarida tarqalgan. Avvalroq ShimoliyQora dengiz boʻylari,Turkmaniston,Sharqiy Turkiston, SharqiyPomirda ham alohida tarqalish markazlari boʻlgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 million kishidan ziyod.

Tarixiy-genetik tasnif boʻyicha Eroniy tillar 2 asosiy guruhga boʻlinadi:gʻarbiy vasharqiy; ularning har biri, oʻz navbatida, shimoliy va janubiy guruhchalarga ajraladi. Shimoliy-gʻarbiy Eroniy tillargamidiya tili vaparfiya tili kabioʻlik tillar hamdakurd,baluj,gilon,mozandaron,tolish kabi jonli tillar, shuningdek, Eron, Iroq, Turkiyadagi bir qancha mayda, yozuvsiz tillar, parachi va ormuri tillari kiradi. Janubiy gʻarbiy Eroniy tillar ga qadimiy fors va oʻrta fors kabi oʻlik tillar hamdafors,tojik,dariy (forsi kobuliy),xazora, kumzari kabi jonli tillar, Erondagi boshqa bir qancha maydatil valahjalar kiradi. Shim.sharqiy Eroniy tillargaskif,alan,sugʻd,xorazmiy singarioʻlik tillar hamdaosetin,yagʻnob kabi jonli tillar kiradi. Janubiy sharqiy Eroniy tillargabaqtriya tili,sak tillari kabi oʻlik tillar hamdapushtu (afgʻon) tili va bir qancha til guruhlarini qamrab olganpomir tillari, boshqa jonli tillar kiradi. Oʻlik tilga aylangan avesto tilida ham gʻarbiy, ham sharqiy Eroniy tillarning belgilari mavjud boʻlgan.

Eroniy tillar tipologik jihatdan bir xil emas. qadimiy (oʻlik) va hozirgi (jonli) Eroniy tillar hamda garbiy yoki sharqiy guruhchalarga mansub Eroniy tillar oʻzaro maʼlum fonetik, grammatik va leksik oʻziga xosliklarga ega. Ayrim oʻlik va jonli Eroniy tillarning xususiy lingvistik jihatlari haqida qarang: parfiya tili, skif tili, sugʻd tili, xorazmiy tili; baluj tili, dariy tili, kurd tili, osetin tili, pomir tillari, pushtu tili, tojik tili, fors tili.

Eroniy tillarning tarixi shartli ravishda 3 davrga boʻlinadi: 1) qadimiy (miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlaridan miloddan avvalgi 4—3-asrlargacha) — midiya, avesto, qadimiy fors, skif tillari; 2) oʻrta (miloddan avvalgi 4—3-asrlardan milodiy 8—9-asrlargacha) — oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, baqtriya, sugʻd, alan tillari; 3) yangi (milodiy 8—9-asrlardan) — fors, tojik, pushtu, dariy, osetin, kurd va yozuvsiz pomir tillari. Bu tasnif ekstralingvistik (madaniytarixiy va boshqalar) belgilarga asoslangan. Lingvistik belgilarga qarab esa 2 davr farqlanadi: qadimiy (qad. fors, avesto, midiya, skif tillari) va keyingi (boshqa barcha tillar).

Qad. fors tilining ilk yozma yodgorliklari miloddan avvalgi 6-asrga mansub boʻlib,mixxatdya yozilgan. Asrlar mobaynida ogʻzaki yashab kelgan avestoviy matnlar taxminan milodiy 4-asrda oʻrta fors yozuvi asosidagi maxsus alifboda koʻchirilgan. Oʻrta fors (milodiy 2—3-asrlar), parfiya (miloddan avvalgi 1-asr), sugʻd (milodiy 4-asr) va qisman xorazmiy (miloddan avvalgi 3-asr) tillaridagi yodgorliklaroromiy yozuvining turli koʻrinishlarida bitilgan (xorazmiycha matnlarning bir qismiarab yozuvida 12—13-asrlarda yozilgan arabcha matnlar tarkibida ham uchraydi). Xoʻtansak tili (milodiy 7-asr) brahmining bir turidan; baqtriya tili (milodiy 2-asr)yunon alifbosidan foydalangan; fors, dariy, pushtu, baluj tillarida turli oʻzgarishlarga uchragan arab alifbosidan, tojik, osetin, tot tillarida esarus alifbosidan foydalaniladi. Kurdlar, yashash sharoitlaridan kelib chiqib, rus (Zakavkazye), lotin (Suriya va Iroq) va arab yozuvlaridan foydalanadilar. Boshqa Eroniy tillar oʻz yozuviga ega emas.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Ismoilov, Anvar. "Eroniy tillar"OʻzME.E-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Oranskiy I. M., Vvedeniye v iranskuyu filologiyu, M., 1960; Oranskiy I. M., Iranskiye yazmki v istoricheskom osveshenii, M., 1979; Osnovn iranskogo yazmkoznaniya, kn. 1—4, M., 1979—87.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Eroniy_tillar&oldid=3619346" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp