Era (lotincha: — ayrim son, boshlangʻich raqam),davr:
Xronologiyada — biror yil hisobining boshi va shunday yil hisobi tizimi. Boʻlib oʻtgan biror voqea yokiafsonaviy voqea-hodisa bilan bogʻliq holda tasavvur qilingan. Masalanxristianlarning milodiy yil hisobi (qarangMilod)Iso (Iisus Xristos)ning tugʻilgan kunidan, musulmonlarning hijriy yil hisobiMuhammad (sav)ningMakkadanMadinaga hijrat qilgan yili, yaʼni milodiy 622 yildan boshlangan (qarangKalendar);
Geologiyada —geoxronologik shkalaning eng yirik boʻlinmasi; Yerning geologik rivojlanishi va unda hayot paydo boʻlishi tarixining eng katta davrini tashkil etadi. Era eratemanit geoxronologik ekvivalenti, eoyaga boʻysunadi va geologik davrlarga boʻlinadi. "Era" terminiXalqaro geologik kongress (1881) tomonidan kiritilgan. Fanerozoy mobaynida eraning davomiyligi qadimiy davrdan yosh davrlarga qarab kamayib boradi (paleozoy 322 mln. yil, mezozoy 183 mln. yil chamasi, kaynozoy — 67 mln. yildan ortiq).