Endorfinning kimyoviy tuzilishiEndorfinlarni eng koʻp jismoniy faollik va jismoniy mashqlar chiqaradi.Kakao kukuni inson tanasida endorfin ishlab chiqarishga eng koʻp yordam beradi.
Endorfinlar (endogen morfindan olingan)[1][2][3] – miyada ishlab chiqariladiganpeptidlar boʻlib, ogʻriq sezgisini kamaytiradi va yaxshi kayfiyatni oshiradi. Ular miyaninggipofiz bezida ishlab chiqariladi va saqlanadi. Endorfinlar koʻpincha jismoniy mashqlar yokijinsiy zoʻriqish paytidamiya va buyrak usti bezida ishlab chiqariladigan endogen ogʻriq qoldiruvchi vositalar boʻlib, ogʻriqni, mushaklar tortishishini kamaytiradi va stressdan xalos qiladi[4][5][6][7].
Miyadagiopioid peptidlar birinchi marta 1973-yilda Aberdin universiteti tadqiqotchilariJohn Hughes vaHans Kosterlitz tomonidan kashf etilgan. Ular choʻchqa miyasidan Met-enkefalin va Leu-enkefalin deb nomlanuvchi „enkefalinlar“ (yunonchaεγκέφαλοςcerebrum) ni ajratib olishgan[8][9][10][11]. Bumorfin va boshqa opioidlarning ogʻriq qoldiruvchi taʼsirini yuzaga keltirish uchun taklif qilingan retseptorning kashf etilishidan keyin sodir boʻlgan. Kashfiyot Kosterlitz va Hughesning endogen opioid ligandlarini aniqlashga turtki boʻlgan[11]. Bu davrdagi tadqiqotlar morfinga xos boʻlgan addiktiv (giyohvandlik) xususiyatlarga ega boʻlmagan ogʻriq qoldiruvchi vositani topishga qaratilgan edi[11][12].Rabi Simantov vaSolomon X. Snyderbuzoq miyasidan morfinga oʻxshash peptidlarni ajratib olgan[13]. Opioid retseptorlarini mustaqil ravishda kashf etganEric J. Simon keyinchalik bu peptidlarni endorfinlar deb atagan[14]. Bu atama mohiyatan morfinga oʻxshash taʼsirga ega boʻlgan har qanday peptidga tegishli edi[15]. 1976-yilda Choh Hao Li va David Chung opioid faolligi uchun tuya gipofiz bezidan ajratilgan α-, β- va γ-endorfinlarning ketma-ketligini qayd etdilar[16][17]. Li β-endorfin kuchli ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega ekanligi aniqlandi[18]. 1977-yildaWilhelm Feldberg vaDerek George Smyth buni tasdiqlab, β-endorfin morfinga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqladilar. Shuningdek, uning taʼsiri opioid antagonisti boʻlgan nalokson bilan qaytarilgani tasdiqlandi[19].Keyingi tadqiqotlar enkefalinlar, endorfinlar va organizmda tabiiy ravishda hosil boʻladigan morfin oʻrtasidagi farqni aniqladi. Bunda morfin peptid hisoblanmasligi maʼlum boʻldi[20][21]. Opioid peptidlar ularning prekursor propeptidiga asoslanib tasniflanadi: barcha endorfinlar proopiomelanokortindan (POMK) hosil boʻladi, bu prekursor proenkefalin A tomonidan hamda predinorfin tomonidan sintezlanadi[22][23].
Endorfinlar sinfi uchtaopioid peptiddan iborat:α-endorfin,β-endorfinvaγ-endorfin[24]. Endorfinlarning barchasi prekursor oqsilidan, proopiomelanokortindan sintezlanadi va ularning barchasi N-terminalida Met-enkefalin motivini oʻz ichiga oladi: Tyr-Gly-Gly-Phe-Met[25]. α-endorfin va γ-endorfin Thr(16)-Leu(17) qoldiqlari va Leu(17)-Phe(18) oʻrtasida β-endorfinning proteolitik boʻlinishi natijasida hosil boʻladi[26]. α-endorfin eng qisqa, β-endorfin esa eng uzun koʻrsatkichga ega.α-endorfin va γ-endorfin asosan oldingi va oraliq gipofiz bezida joylashgan[27]. β-endorfin oʻzining opioid faolligi boʻyicha oʻrganilgan boʻlsa-da, α-endorfin va γ-endorfin opiat retseptorlariga moyil emas, shuning uchun tanaga β-endorfin kabi taʼsir qilmaydi. Baʼzi tadqiqotlarda α-endorfin faolligi psixostimulyatorlarga va γ-endorfin faolligi nevroleptiklarga oʻxshash deb tavsiflangan[27].
Endorfin prekursorlari asosangipofiz bezida ishlab chiqariladi[32][33][34]. Endorfinlarning har uchala turi ham proopiomelankortin (POMC) prekursor oqsilining fragmentlaridir.Trans-Golji tarmogʻida POMC membrana bilan bogʻlangan oqsil,karboksipeptidaza E (CPE) bilan bogʻlanadi[35][36]. Sutemizuvchilarda pro-peptid konvertaz 1 (PC1) POMC niadrenokortikotropin (ACTH) vabeta-lipotropin (β-LPH) ga ajratadi[35]. Opiat faolligi kam boʻlgan β-LFG gipofiz gormoni keyinchalik doimiy ravishda turli peptidlarga, jumladan, α-endorfin, β-endorfin va γ-endorfinlarga parchalanadi[37][38][39]. α-endorfin va γ-endorfinning shakllanishi β-endorfinning proteolitik parchalanishidan kelib chiqadi[40].
Noradrenalin yalligʻlanish toʻqimalarda endorfinlar ishlab chiqarilishini oshiradi, buning natijasida ogʻriq qoldiruvchi taʼsir paydo boʻladi[41].Simpatik nerv sistemasining elektro-akupunktura bilan stimulyatsiyasi uning ogʻriq qoldiruvchi taʼsiriga sabab boʻlishi mumkin[42].
Endorfinlar odatda ogʻriqlarga javoban gipofiz bezidan chiqariladi vamarkaziy asab tizimida (CNS) vaperiferik asab tizimida (PNS) taʼsir qilishi mumkin. PNSda β-endorfingipofiz bezidan ajralib chiqadigan asosiy endorfindir. Endorfinlar periferik nervlarning μ-retseptorlariga bogʻlanish orqali ogʻriq signallarining uzatilishini toʻxtatadi, bu esa ularning P moddasi deb ataluvchi neyrotransmitterni ajralib chiqishini oldini oladi. Markaziy asab tizimidagi mexanizm ham oʻxshash, ammo u boshqa neyrotransmitter – gamma-aminomoy kislotasi (GABA) ni toʻxtatish orqali hosil boʻladi. Oʻz navbatida, GABA ingibirlanishidofamin ishlab chiqarilishi va ajralib chiqishini oshiradi[43][44].
↑"Endogenous morphine: up-to-date review 2011". Folia Biologica58 (2): 49–56. 1515. PMID22578954. http://fb.cuni.cz/file/5635/FB2012A0008.pdf. "Positive evolutionary pressure has apparently preserved the ability to synthesize chemically authentic morphine, albeit in homeopathic concentrations, throughout animal phyla. ... The apparently serendipitous finding of an opiate alkaloid-sensitive, opioid peptide-insensitive, µ3 opiate receptor subtype expressed by invertebrate immunocytes, human blood monocytes, macrophage cell lines, and human blood granulocytes provided compelling validating evidence for an autonomous role of endogenous morphine as a biologically important cellular signalling molecule (Stefano et al., 1993; Cruciani et al., 1994; Stefano and Scharrer, 1994; Makman et al., 1995). ... Human white blood cells have the ability to make and release morphine"
↑„μ receptor“. IUPHAR/BPS Guide to PHARMACOLOGY. International Union of Basic and Clinical Pharmacology (2017-yil 15-mart). — „Comments: β-Endorphin is the highest potency endogenous ligand ... Morphine occurs endogenously.“. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
↑„Role of endorphins discovered“. PBS Online: A Science Odyssey: People and Discoveries. Public Broadcasting System (1998-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 15-oktyabr.
↑"60 YEARS OF POMC: Lipotropin and beta-endorphin: a perspective". Journal of Molecular Endocrinology56 (4): T13–T25. May 2016. doi:10.1530/JME-16-0033. PMID26903509.
↑"Action of proteolytic enzymes on lipotropins and endorphins: biosynthesis, biotransformation and fate". Pharmacology & Therapeutics24 (3): 321–354. January 1984. doi:10.1016/0163-7258(84)90008-1. PMID6087385.
↑27,027,1Endorphins and schizophrenia, Progress in Brain Research, 1992 — 433–53-bet.
↑"Action of proteolytic enzymes on lipotropins and endorphins: biosynthesis, biotransformation and fate". Pharmacology & Therapeutics24 (3): 321–354. January 1984. doi:10.1016/0163-7258(84)90008-1. PMID6087385.
↑"Subcellular pathways of beta-endorphin synthesis, processing, and release from immunocytes in inflammatory pain". Endocrinology145 (3): 1331–1341. March 2004. doi:10.1210/en.2003-1287. PMID14630714.
↑35,035,1"Subcellular pathways of beta-endorphin synthesis, processing, and release from immunocytes in inflammatory pain". Endocrinology145 (3): 1331–1341. March 2004. doi:10.1210/en.2003-1287. PMID14630714.
↑"Secretory granule biogenesis and neuropeptide sorting to the regulated secretory pathway in neuroendocrine cells". Journal of Molecular Neuroscience22 (1–2): 63–71. 2004. doi:10.1385/jmn:22:1-2:63. PMID14742911.
↑"Action of proteolytic enzymes on lipotropins and endorphins: biosynthesis, biotransformation and fate". Pharmacology & Therapeutics24 (3): 321–354. January 1984. doi:10.1016/0163-7258(84)90008-1. PMID6087385.
↑"Sympathetic activation triggers endogenous opioid release and analgesia within peripheral inflamed tissue". The European Journal of Neuroscience20 (1): 92–100. July 2004. doi:10.1111/j.1460-9568.2004.03459.x. PMID15245482.