Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Emu

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Emu, emular – yuguruvchi qushlar turkumiga mansub oila. Hozirgacha saqlanib qolgan bir turi – emu Avstraliyaning choʻl va dashtlaridagi butazorlarda yashaydi. Tasmaniya orolida oʻtgan asrda qirilib ketgan. Boʻyi 170 sm gacha, ogʻirligi 55 kg gacha. Qoʻngʻir-kulrang tusda. Uyasini nari barg, oʻt, shox-shabbalardan yasaydi. 8—10 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumining kattaligi 13x9 sm. Nari 8 haftaga yaqin tuxum bosadi. 2 yilda voyaga yetadi. Meva, urugʻ va mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni kamayib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqiQizil kitobiga kiritilgan.

Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Emu&oldid=5194625" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp