Emotikon (/əˈmoʊtəkɒn/, ə-MOH-tə-kon, kamdan-kam hollarda /ɪˈmɒtɪkɒn/, ih-MOTT-ih-kon), inglizcha „emotion icon“ (emotion-his-tuygʻu, icon-belgi) soʻzlaridan olingan[1][2][3][4]. Emotikon odamning his-tuygʻularini, kayfiyatini yoki reaksiyasini ifodalash yoki vaqtni tejash usuli sifatida belgilar — odatdatinish belgilari, raqamlar va harflar yordamidayuz-ifodasini tasviriy ifoda qilish.
BirinchiASCII kodlash jadvali emotikonlari kompyuter olimiScott Fahlmanga tegishli boʻlib, 1982-yilda Carnegie Mellon universitetining eʼlonlar taxtasi tizimidagi xabarda „smileys“ deb nomlanuvchi — :-) va :-( — belgilarni taklif qilgan. Gʻarb mamlakatlarida emotikonlar odatda matn yoʻnalishiga toʻgʻri burchak ostida yoziladi.Yaponiyalik foydalanuvchilar yapon tili uchun zarur boʻlgan, kattaroq belgilar toʻplamidan foydalangan holdakaomoji deb nomlangan emotikonni ommalashtirishdi. Ushbu uslub 1986-yilda Yaponiyaning ASCII NET vebsaytida paydo boʻlgan[5][6].
1990-yillarning oxirlarida SMS mobil matnli xabar almashish vaInternet keng tarqalgach, emotikonlar tobora ommalashib bordi va ular matnli xabarlar, Internet forumlari vae-maillarda keng qoʻllanila boshlandi. Emotikonlar texnologiya orqali muloqot qilishda muhim rol oʻynadi va baʼzi qurilmalar hamda ilovalar matnli tinish belgilaridan foydalanilmaydigan stiliz qilingan rasmlarni taqdim etdi. Ular matnga asoslangan kibermuloqot paytida yuz imo-ishoralari orqali oʻziga xos his-tuygʻularni aks ettiruvchi SMS orqali boshqa „ohang“ va his-tuygʻularni taklif qilishadi. Emotikonlar turli xil raqamli platformalar uchun uzluksiz rivojlanish holatida boʻlgan zamonaviyemojilarning kashshoflari edi. Bugungi kunda dunyo onlayn aholisining 90% dan ortigʻi emojilar yoki emotikonlardan foydalanadi[7].