Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Ekranoplan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ekranoplan (ekran va fransuzcha, – parvoz qilmoq) – yer yoki suv sirtiga (ekranga) yaqin (odatda, qanotlari enining 0,1—0,2 qismiga teng) balandlikda uchish uchun moʻljallangan uchish apparati. Birinchi Ekranoplanni fin muhandisi T. Karno1935-yilda yasagan. XX asr 70-yillaridaFinlandiya,Shvetsiya,Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Rossiyada tajriba variantlari ishlab chiqarilgan. Aerodinamik kuch (koʻtarish kuchi) hosil qilishda tayanch sirtining yaqinligi effekti („Ekran effekti“) dan foydalanishi bilan samolyotdan farqlanadi. Ekran effektining mohiyati shundaki, bunda aerodinamik quvvatni (aerodinamik koʻtarish kuchining aerodinamik qarshilikka nisbatini) oshiruvchi havo yostigʻi hosil boʻladi. Ekranoplanlarning deyarli barchasi suv sirtidan koʻtarilish va suv sirtiga qoʻnishga moʻljallangan, lekin faqat quruqlikda uchadigan Ekranoplanlarlar ham ishlab chiqarilgan. Ekranoplanlarning texnik koʻrsatkichlari: massasi – 5 t gacha, 1 ta yoki 2 ta dvigatelining quvvati = 500 o.k. gacha, uchish tezligi 250 km/soat gacha. Bortiga 1—6 yoʻlovchi sigʻadi. Ekranoplan eksperimental tadqiqotlarni bajarish, razvedka va qutqarish ishlarida qoʻllash uchun maxsus buyurtmalar boʻyicha ishlab chiqariladi.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ekranoplan&oldid=5186415" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp