Edward Said (talaffuzi: Edvard Said) (arabcha:إدوارد وديع سعيد) (1-noyabr 1935-yil — 24-sentabr 2003-yil) —Falastin mandatli hududida tugʻilgan amerikalik adabiyotshunos olim va intellektual. Said uzoq yillar davomidaColumbia universitetida adabiyot oʻqituvchisi lavozimida ishlagan. Olimpostkolonial izlanishlar yoʻnalishi asoschisi hisoblanadi.
Britaniya va Amerika maktab va universitetlarida tahsil olgan Said oʻz taʼlimi va ikki madaniyat muhitida shakllangan qarashlari yordamida Gʻarb va Sharq madaniyatlari bir-birini madaniy va siyosiy anglashidagi kamchiliklarni koʻrsatib bergan. Xususan, olimYaqin SharqdagiIsroil-Falastin mojaridagi xato qarashlar haqida yozgan. SaidgaAntonio Gramsci,Frantz Fanon,Aimé Césaire,Michel Foucault hamdaTheodor Adorno kabi faylasuf olimlar ishlari taʼsir koʻrsatgan.
Madaniyat tanqidchisi oʻlaroq Said„Orientalism“ (1978) asari bilan tanilgan. Kitobdaoriyentalizm tamoyili, xususan, Gʻarbning Sharq xalqlari madaniyatini tushunishiga asos boʻlgan qarash va metodlar tanqid qilinadi. Saidning matnlarni tahlil qilish modeli adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid hamda Yaqin Sharq sohalaridagi akademik ishlarni, xususan, ularda oʻrganilayotgan jamiyatlar qay yoʻsinda koʻrib chiqilishi, taʼriflanishi hamda belgilanishini tubdan oʻzgartirdi. „Oriyentalizm“ kitobi Yaqin Sharqni oʻrganib kelgan olimlar, faylasuflar hamda adabiyotshunoslar orasida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.
SaidFalastin milliy kengashi aʼzosi boʻlgan, ommaviy ravishdaIsroil hamda arab davlatlari siyosatini, ayniqsa, oʻz xalqlari manfaatlariga zid chora koʻrga musulmon tuzumlarni tanqid qilgan. Olim Isroildagi falastinliklarga teng siyosiy va inson huquqlari berilishi uchun Falastin davlatini tuzishni qoʻllagan.
1999-yil Said doʻstiDaniel Barenboim bilan Gʻarb-Sharq devon orkestriga asos solgan. Isroillik, falastinlik hamda arab musiqachilaridan iborat orkestr qarorgohiSeville shahrida joylashgan. Said ilmiy ishlaridan tashqari musiqaga ham qiziqqan,pianinoni mahorat bilan chalgan. Shuningdek, Barenboim bilan musiqa boʻyicha suhbatlarini oʻzida jamlagan „Parallellar va paradokslar: Musiqa va jamiyatda tadqiqotlar“ (inglizcha:Parallels and Paradoxes: Explorations in Music and Society) (2002) kitobini yozgan.