Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Edmonton

Vikipediya, erkin ensiklopediya

EdmontonKanadaning jan.gʻarbiy qismidagi shahar, NortSaskachevan daryosi boʻyida.Alberta provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 937,8 ming kishi (2001, shahar atrofi bilan). Mamlakatning muhim savdotaqsimot, sanoat markazi. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi.

Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Neft quduqlari parmalaydigan uskunalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosi qayta ishlanadi. universitet bor. Shaharga 1795-yilda moʻyna savdosi bilan shugʻullanadigan kompaniyalar faktoriyasi sifatida asos solingan.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaKanada geografiyasiga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Edmonton&oldid=5359574" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp