Dzyudo (yaponcha:柔道; dzyu – yumshoq, do – yoʻl) –sport yakkakurashi. DzyudogaYaponiyadaprofessorDzigoro Kano (1860—1938) 1882-yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, Dzyudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifatida shakllantirdi. Dzyudochilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalang oyoqda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 4 min., ayollarda 4 min. davom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yelkadan oshirib otish va hokazo) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 20 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga „vazari“ va „ippon“ baxrlari beriladi („ippon“ – sof gʻalaba, 2 ta „vazari“ – gʻalaba, ino-batga olinadi).
Dzyudo boʻyicha musobaqalar 1883-yildan oʻtkaziladi.Xalqaro dzyudo federatsiyasi (FIJ) 1956-yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi aʼzo (1991). 1956-yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekistonda dzyudo bilan 20-asrning 80-yillaridan shugʻullaniladi. Dzyudoning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. Dzyudo chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan taqdirlanishdi. Jumladan,Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) – kumush,Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) – kumush va „A“ toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) – 2 ta oltin,Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) – oltin, „A“ toifasidagi musobaqalardaKamol Murodov (1998) vaVladimir Shturbabin (1999) – oltin,Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) – bronza medallarini qoʻlga kiritishgan[1].