Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Dyuba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dyuba
Tavalludi23-fevral1868
Vafoti27-avgust1963[1]
FuqaroligiAQSh va Gana[2]

Dyuba, William Edward Burghardt Du Bois (inglizcha:William Edward Burghardt Du Bois; 1868. 23.2, Greyt-Barrington, AQSH,— 1963.27.8, Akkra,Gana) — amerikayozuvchisi,tarixchisi, jamoat arbobi, AQSH dagi zamonaviy negr adabiyotining asoschilaridan. 1895 yilda falsafa d-ri unvonini olgan. Atlantadagi universitet iqtisodiyot va tarix professor (1897—1910), ijtimoiy fakultet dekani (1933—44). 1961 yilda Ganaga koʻchib kelib, "Afrika ensiklopediyasi" ("Encyclopedia Africana") nashriga rahbarlik qilgan. Dyuba butun Afrika xalqlarini birlashtirishga bagʻishlangan bir nechta kongresslarning (1si — 1919, oxirgisi — 1945) tashabbuskori boʻlgan. Negr xalqi haqidagi tarixiy va ijtimoiy asarlar muallifi. "Qora kishilar qalbi" (1903) ocherklar toʻplami, "Kumushrang teri izlab" (1911) romani, "Tim qora suv" (1920) hikoyalar, ocherklar va sheʼrlar toʻplami, "Qora alanga" ("Mansart sinovda", 1957; "Mansart maktab qurmoqda", 1959; "Qora alanga", 1961) trilogiyasi va b. asarlarida negr xalqining soʻnggi bir yarim asrdan ortiq vaqt mobaynidagi mehnati, irqchilikka va ijtimoiy adolatsizliklarga qarshi kurashi oʻz badiiy ifodasini topgan.

Du Bois (1918)

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
  1. //(unspecified title)
  2. Henry Holt. — С. 312.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Dyuba&oldid=4928278" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp