Dushanbe (tojikcha:Душанбе,forscha:دوشنبه) —Tojikistonning poytaxti va eng katta shahri. Dushanbeda toʻrtta shahar tumani bor.1929-yilgacha Dushanbening nomiDushambe boʻlgan. 1929-yildan 1961-yilgachaStalinobod deb atalgan. „Dushanbe“ soʻzi fors-tojikcha„dushanba“ degani. Shaharning bunday atalishiga sabab shahar joylashgan yerda dushanba kuni kattabozor ochiladigan qishloq boʻlgan.
Dushanbe dastlabVarzob daryosining boʻyidagi uchta kichik yondosh qishloq — Sariosiyo, Shohmansur va Dushanba oʻrnida paydo boʻlgan. Bu uch qishloqning eng yirigi Dushanba qishlogʻi boʻlgan. Shahar hududidanyunon-baqtriya davri (eramizdan avavvalgi 2-asr)ga oid arxeologik yodgorliklar topilgan. Qoʻlyozmalarda Dushanba qishlogʻi 17-asr boshidan tilga olingan. Dushanbe 1924-yidan Tojikiston Muxtor respublikasi poytaxti boʻlgan. 1925-yil Dushanbega shahar statusi berilgan.
Dushanbeningiqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha hararoti −0,6-9 °C, iyulniki 19.4-35.6 °C. Dushanbeda yiliga 625–630 mm yogʻin yogʻadi. DushanbeHisor vodiysida,Varzob daryosining dengiz sathidan 750-930 metr balandlikdagi kengterrasalarida joylashgan.
2013-yil 18-iyulda Dushnabe shahrining maydonini uch baravarga kattalashtirish qarori qabul qilindi[3]. Dushanbe shahri toʻrt tumanga boʻlinadi. Har bir tumanning oʻz maʻmuriy boshqarmasi mavjud.
Dushanbening aholisi 1926-yil 5,600 kishi boʻlgan[4]. 1997-yil aholi soni 512,500 boʻlgan. 2008-yil aholi soni 679,400 boʻlgan.1-aprel 2014-yilga kelib aholi soni 778,500 kishiga yetgan[5].
Dushanbe — Tojikistonning yiriksanoat markazi. Shaharda respublika sanoat ishlab chiqarishining qariyb 1/3 qismi joylashgan.Mashinasozlik vametallsozlik sanoati,toʻqimachilik mashinasozligi,qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, savdo mashinasozligi, roʻzgʻor sovitkichlari,armaturalar, „Tojikkabel“, yoʻl qurish mashinalari remonti zavodlari mavjud. Qurilish materiallari (sement, yogʻochsozlik korxonalari,temir-beton konstruksiyalar zavodi) ishlab chiqariladi.
Dushanbeni Dushanba-Vaxsh energetika sistemasi (shahar issiqlik elektr markazi, Norak, Perepadnaya, Markaziy, Bosh GESlar va Varzobdagi GESlar)elektr energiya bilan taʼminlab turadi.
Dushanbe 20-asr oʻrtalaridan yirik ilmiy va madaniy markazga aylandi. Shaharda Tojikiston Respublikasi fanlar akamdeiyasi va ilmiy tadqiqot institutlari ishlab turibdi. Dushanbeda oʻndan oshiqoliy oʻquv yurti, bir qancha oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari,litsey vakollejlar mavjud.
Dushanbe. N.Qaroboev khiyoboniDushanbe. Rudakiy khiyoboni
Keyingi yillarda Dushanbeda koʻplab chiroyli maʼmuriy, oʻquv, madaniy va maishiy binolar (Hukumat uyi, Majlisi Oliy, „Tojikkonsert“, Borbad nomidagi kinokonsert zali, „Dushanba“, „Tojikiston“ mehmonxonalari, Tojikiston davlat milliy universiteti, aerovokzal, „Rohat“, „Saodat“ choyxonalari, „Sadbarg“ maishiy xizmat uyi, Kasaba uyushmalari Saroyi, yozuvchilar uyi) va koʻp qavatli turar joy binolari qurilgan.
Dushanbeda yettiteatr (Sadriddin Ayniy nomli Akademik opera va balet teatri, A. Lohutiy nomli Tojikiston akademik drama teatri va boshqalar),filarmoniya,sirk, bir necha kinoteatr, „Tojikfilm“ kinostudiyasi, Firdavsiy nomli milliy kutubxona, fanlar akdemiyasining markaziy ilmiy kutubxonasi, A. Lohutiy nomli shahar markaziy kutubxonasi, qariyb 180 jamoat kutubxonasi, 7 muzey, Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi,radio, telemarkaz, respublikatelegraf agentligi va boshqalar bor.
Dushanbeda poligrafiya kombinati, „Irfon“, „Adib“, „Maorif“, „Donish“, „Sharqi ozod“ nashriyotlari, Tojikiston ensiklopediyasi Bosh ilmiy tahririyati mavjud. Oʻttizga yaqin nomdatojik,oʻzbek,rus,ingliz va boshqa tillardagazeta, oʻndan oshiq nomdajurnal nashr etiladi.
Shaharda 27kasalxona, 60 vrachlik ambulatoriya-poliklinika muassasasi (shu jumladan 10 ta maxsus dispanser), 8 sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, 5stadion, sport saroyi, 7 suzish havzasi mavjud. Dushanbe atrofidagi (Hisor togʻlarining janubiy yon bagʻirlarida) manzarali togʻ daralarida dam olish uylari va sanatoriylar bor.