Dovud Nasibov | |
---|---|
Asl ismi | ozarbayjoncha: Davud Məcid oğlu Nəsibov |
Tavalludi | 1942-yil25-avgust |
Vafoti | 2003-yil26-mart Boku,Ozarbayjon |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjon tili va Rus tili |
Fuqaroligi | ![]() |
Faoliyat yillari | 1956-2003 |
Janr | Poeziya |
Dovud Majid oʻgʻli Nasibov (ozarbayjoncha:Davud Məcid oğlu Nəsibov;1942-yil25-avgust, Novaya Akstafa –2003-yil26-mart,Boku) –sovetozarbayjonshoiri,tarjimon,OzarbayjonYozuvchilar uyushmasi aʼzosi.Ozarbayjon SSRLenin komsomoli mukofoti (1984), Lenin komsomoli mukofoti (1986) laureati[1].
Dovud Nasibov1942-yil25-avgustdaG‘azo shahrida tugʻilgan.1959-yildaBoku davlat universitetiningkutubxona va axborot fakultetiga oʻqishga kirdi[2]. Birinchishe’ri „Mening ona daryoyim – mening Kuram“1956-yilda tuman „Gʻalaba bayrogʻi“gazetasida chop etilgan[3].Shoir oʻsha paytdan beri faolshe’rlar yozishni boshladi[4].
DovudSovet Ittifoqi xalqlarishe’riyatining badiiy tarjimalarini amalga oshirgan. Bundan tashqariVengriyashoiriMiklosh Radnotishe’rlariniozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Dovud Majid oʻgʻlining „Onaga maktub“ va „Toshlarga pechlar“kitoblari1974 va1981-yillardaMoskva nashriyoti tomonidan nashr etilgan.
Tarjimon1966-1969-yillardaOzarbayjon SSR Davlattelevideniye varadioeshittirish qoʻmitasining badiiy boʻlimimuharriri boʻlib ishlagan. KeyinMoskvadagiSSSR Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi ikki yillik oliy adabiy kursni tugatgan (1971-1972). Oʻqishni tugatgach,Bokuga qaytib kelgan. „Adabiyot va sanʼat“gazetasida adabiy xodim, nafis sanʼat boʻlimi mudiri va shu yerning oʻzida sheʼriyat boʻlimi mudiri ham boʻlib ishlagan.
ShoirOzarbayjonYozuvchilar uyushmasiprezidiumi aʼzosi boʻlgan.1978-1980-yillardaVengriyada ijodiy taʼtilda boʻlgan.2003-yil26-martda avtohalokatda vafot etgan.
Shoirning otasi Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan[5]. U uylangan, Xayal va Xayyom ismli ikki farzandi bor edi[6].